Donald Tramp: “Putinning maqtovi men uchun - sharaf”

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishAmerikalik milliarder Donald Tramp.
Amerikalik milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp davlat yetakchisi sifatida Putin Obamadan farqli o‘laroq "besh" bahoga loyiq, degan fikrda.

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Gap shundaki, 17-dekabr kuni o‘tkazilgan katta matbuot-anjumanida Putin Trampning Rossiya va Amerika munosabatlarini yanada yaqinlashtirish kerak degan fikrini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan edi.

"U shubhasiz, yorqin va iqtidorli shaxs. Uning hurmat darajasini belgilash bizning ish emas, ammo prezidentlik poygasida — u mutlaq yetakchi”, ta’kidlagan edi matbuot-anjumanida Rossiya prezidenti.

Vladimir Putinning an’anaviy yirik matbuot-anjumani. - Sputnik O‘zbekiston
Putin: “Amerikaliklar saylaydigan har qanday prezident bilan ishlashga tayyormiz”

“O‘z vatanida va xorijda katta obro‘ga ega insondan maqtov eshitish – sharaf” — ta’kidladi milliarder. Donald Tramp shuningdek, Rossiya va AQSh birlashib terrorchilikka qarshi kurashishi lozim, degan fikrda.

Juda qiziq fe’l-atvorga ega milliarder bundan sal oldin Barak Obamadan farqli o‘laroq Putin yetakchi sifatida “besh” bahoga loyiqligini ta’kidlagan edi. Trampning so‘zlariga qaraganda, saylovlarda g‘olib chiqsa, u Putin bilan bir qatorda, AQSh unchalik yaxshi munosabatda bo‘lmagan boshqa davlat yetakchilari bilan ham munosabatlarni yaxshilay oladi.

 

Yangiliklar lentasi
0