ID nazorati ostidagi hududlarda internetni o‘chirish taklif qilindi

© Collage Sputnik / Jeshu JohnTa’iiilangan materiallarni tomosha qilish
Ta’iiilangan materiallarni tomosha qilish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internet “Islom davlati” jangarilarga bir-biri bilan aloqada bo‘lishga, yangi jangarlar yollashga va terrorchilik faoliyatini moliyalashga xizmat qiladi, dedi deputat Oleg Nilov.

TOShKENT, 25 yanv —Sputnik. “Spravedlivaya Rossiya” partiyasining yetakchi deputatlaridan biri Oleg Nilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga “Islom davlati” tomonidan nazorat qilinayotgan hududlarda internet xizmatini o‘chirish masalasini xalqaro darajada muhokama qilish taklifi bilan chiqdi.

Deputatning fikriga ko‘ra, internet “Islom davlati” jangarilarga bir-biri bilan aloqada bo‘lishga, yangi jangarlar yollashga va terrorchilik faoliyatini moliyalashga xizmat qiladi.

“ID nazorati ostida bo‘lgan hududlarda internet xizmatini o‘chirish masalasini xalqaro miqyosga ko‘tarishingizni so‘rayman. Bunday chora butun dunyoda ushbu terrorchilik tahdidiga qarshi kurashning samarali usuli bo‘lgan bo‘lardi”, — deyilgan so‘rovnomada.

Davlat Dumasi qo‘mitasi IDni internetdan o‘chirish mazusini xalqaro sahnada ko‘tarishni qo‘llab-quvvatladi.

Dushanbe shahar ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Zello – ID yollovchilari yaxshi ko‘rgan dastur

Nilovning fikriga ko‘ra, xususan bunday imkoniyat AQShda bor, chunki u yerda dunyodagi barcha  IP-adreslarni tarqatuvchi DNS-serverlar joylashtirilgan.

“Bu masalani ICANM – xalqaro notijorat tashkiloti nazorat qiladi. Ushbu tashkilot 1998-yil 18-sentabrda AQSh hukumati ishtirokida tashkil qilingan va u domen ismlari,  IP-adreslari va internet bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal qiladi. Internet hududiy nazoratchilari ushbu tashkilotdan IP-adreslar chegarasini olib ularni foydalanuchilarga tarqatadi”, — deb tushuntirdi deputat.

ID jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
ID asirligidagi o‘zbek bola Twitter orqali yordam so‘radi

Shunday qilib, bugungi kunda biror hududni yoki butun boshli biror mamlakatni internetdan o‘chirish imkoniyati bor. Bunday voqea allaqachon bo‘lgan edi.

“2014 yilda Barak Obama matbuot anjumanida Shimoliy Koreyaga Sony Pictures ga qilgan kiberhujumi uchun javob berishi kerakligini aytganidan keyin,  KXDRda internet  ishlashida katta muammolar paydo bo‘lgan bo‘lgan, mamlakat internetdan deyarli o‘chirilgan edi”, — deb eslatdi deputat.

Yangiliklar lentasi
0