ID asirligidagi o‘zbek bola Twitter orqali yordam so‘radi

© Ethiopian pressID jangarilari
ID jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosi Jaloliddin Qodirov, vatandoshi uni aldab Turkiyaga olib kelganini va ID jangarilariga sotganini aytdi.

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari chorshanba kuni Jaloliddin Qodirovning Twitter orqali yordam so‘rab yozgan xabarini tarqatdilar. Xabarga ko‘ra, ushbu fuqaro “Islom davlati” terrorchilik tashkilotida asirlikda ekanligini, ushbu tashkilot jangarilari undan Suriyaga borib jang qilishni talab qilayotganligini aytib, uni qutqarishni so‘ragan.

O‘zini Jaloliddin Qodirov deb tanishtirgan Twitter foydalanuvchisi, 8-oktabr kuni, vatandoshi uni aldab Turkiyaning Xatay shahriga olib borganini va ID jangarilariga sotganini aytgan. Jaloliddinning so‘zlariga qaraganda, Islom Zokirov degan o‘zbek bola bilan Telegram dasturi orqali tanishgan. Islomning yoshi 20-22 larda, sariqroq, Farg‘onaning Kirgili degan joyidan ekan.

“Akalar iltimos prokraturaga telefon qilib, menga yordam beringlar. Mening ismim Qodirov Jaloldin, tezda qutqarmasanglar o‘ldirvorishadi” — degan xabar qoldirgan. 

Uning gaplariga qaraganda ikki marotaba qochmoqchi bo‘lganida ushlab olib urishgan. Ushanda qovurg‘a va oyog‘i singan, shuning uchun uni urushga olishmagan. Hozir yaralari yaxshi bo‘lgan, yaqin kunlarda urushga olib ketishlari mumkin ekan. 

“Urushga bormasam otib tashlasharkan, ikkta turkman bolani bugun otvorishdi, iltimos yordam beringlar, posolstvagayam xat yozdim”, degan yana bir xabarida. 

“Turkiyadagi O‘zbekiston elchixonasi ushbu xabarlardan keyin Qodirovni topish va ushbu hikoyani tekshirish uchun Turkiya hukumati bilan bog‘landi”, — centralasiaonline.com xabariga ko‘ra.  

Shuni aytish kerakki, oxirgi paytlarda OAVda ID safida aldov va qo‘rqitish orqli jang qilayotgan, portlovchi moddalar to‘ldirilgan mashinaga minib o‘zini qurbon qilayotgan juda yosh O‘rta Osiyolik o‘smirlar haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘lmoqda. Bu esa o‘z yaqinlarimizga, ayniqsa yaxshi-yomonni hali tushunib yetmagan yoshlalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligini, ularni qarovsiz qoldirmaslikni, yana bir bor esimizga soladi.

Islom davlati” terrorchilar tashkiloti dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan eng katta xavflardan biri bo‘lib qolmoqda. Ular qisqa vaqt ichida Iroq va Suriya hududida katta maydonlarni egallab olishdi. Jangarilar soni 50 mingda 200 minggacha deyilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0