Zello – ID yollovchilari yaxshi ko‘rgan dastur

© Sputnik / StringerDushanbe shahar ko‘rinishi
Dushanbe shahar ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ID safida 2 mingga yaqin Tojikiston fuqarolari jang qilmoqda, asosan yoshlar.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. ID yollovchilari yoshlarni zamonaviy aloqa vositalari – ijtimoiy tarmoqlar orqali yollamoqda. “Odnoklassniki”, “V kontakte” shular jumlasidan. Ular o‘zaro aloqa uchun Zello dan foydalanishadi.

Xabarlarga ko‘ra, ID safida hozir bir mingdan ikki minggacha tojikistonliklar bor va ularning asosiy qismi yoshlar, dedi Sputnik muxbiriga II xodimi.

Uning so‘zlariga qaraganda ba’zilar “Xalifalik” hududiga oilasi bilan ketadi. Avval ular Afg‘oniston, yoki Turkiyaga yetib boradilar, u yerdan esa Suriya va Iroq hududiga o‘tadilar.

Yollashning asosiy usuli – ijtimoiy tarmoqlar bo‘lib qolmoqda. Avval yollovchilar Twitter yoki Facebookni ishlatishgan bo‘lsa, hozir ular "Odnoklassniki", "V kontakte" va "Diaspora" tarmoqlarini ishlatmoqda, deydi suhbatdosh.

ID “targ‘ibot mashinasi” juda tirishqoqlik bilan ishlamoqda, shu bilan birga ular o‘z kasbini juda yaxshi egallab olgani ko‘rinib turibdi.

“Misol tariqasida, internetda paydo bo‘lgan Tojikiston sobiq OMON komandiri ishtirokidagi birinchi video lavhani olsak, uning sifati “Golivudda sur’atga olingandek”. Ular yoshlarni “toza Islomni qabul qilib o‘z jihodini boshlash”ga undash uchun har qanday sabab topishga tayor”, deydi u.  

“Yaqinda bizga Xatlon viloyatidan bir kishi murojaat qildi. Uning balog‘atga yetmagan o‘g‘li akasining pasporti bilan IDga qochib ketmoqchi bo‘lgan” – dedi II xodimi.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, u akasini pasportini o‘g‘irlagan, otasining tanishlaridan pul qarz olib Stambulga uchib ketmoqchi bo‘lgan. Tekshiruv paytida balog‘atga yetmagan yigit "V kontakte" ijtimoiy tarmog‘ida uni yollashga harakat qilishganini aytib bergan. Yollovchilar uning otasi Tojikistonda davlat tuzimini tiklash uchun bo‘lgan janglarda qatnashib yarador bo‘lganligini, keyin yana o‘z qishlog‘iga qaytib kelib ketmon chopganini ro‘kach qilishgan.

Yollovchilar “Sen otang uchun o‘ch olishing kerak, u xalq uchun qon to‘kkan, endi bo‘lsa boshqalar “Porshe”, “Lendkruzer” minib yuribdi”, deb uni ko‘ndirishga harakat qilishgan.

“O‘z “mijozlari” bilan muloqot uchun yollovchilar Skype, Whatsapp va Viber dasturlaridan keng foydalanishadi. Oxirgi paytlarda ular ko‘proq Zello dasturidan foydalanishmoqda, chunki u 3G tarmog‘i, EDGE (2G)tarmog‘i va hatto oddiy GPRS tarmoqlarida ham ishlashi mumkin. Ushbu kanal tashqi ko‘zlardan ko‘proq himoyalangani uchun, professional yollovchilarga o‘z qabih ishlarini davom ettirish imkoniga ega”, — deydi manbaa.

Undan tashqari ular turli hadislarni noto‘g‘ri talqin qilib, Islom dini haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lmagan yoshlarni ID safiga qo‘shilishga undamoqda.  

 

Yangiliklar lentasi
0