TOShKENT, 22 yanv — Sputnik, Grigoriy Duboviskiy. Iroq, Eron, Suriya va Sudan davlatlarini ziyorat qilgan kishilar uchun AQShga kirish tartibi murakkablashtirilishiga “Islom davlati” uyushmasi tomonidan bo‘layotgan tahdidlar sabab qilib ko‘rsatilmoqda, xabar qiladi RIA Novosti.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner xabar qildi.
“Qora ro‘yxat”ga kirgan mamlakatlar orasida nega Afg‘oniston va Pokiston yo‘q, degan savolga Toner: "Bu qaror “ID” va unga aloqador jangarilar tomonidan bo‘layotgan tahdidlar bilan bog‘liq”, — deb javob berdi.
Toner “ID” terrorchilik uyushmasining yirik to‘dalari makoni bo‘lmish Liviya va Yaman davlatlari ushbu ro‘yxatga nima sabadan kiritilmadi, degan savolga ham javob bera olmadi.
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi payshanba kuni besh yil ichida Eron, Iroq, Sudan va Suriya davlatlarida bo‘lgan kishilar uchun mamlakatga vizasiz kirish tartibi endi joriy qilinmasligi haqida e’lon qilgan edi. Ishtirokchi-davlatlar fuqaroligidan tashqari, Eron, Iroq, Sudan va Suriya fuqaroligiga ham ega kishilar ham bundan buyog‘iga viza olishlariga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi.
Yangi qoidalarda jurnalistlar, nodavlat va gumanitar tashkilotlar, “qonuniy” tijoratni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar uchun istisno holatlari ko‘zda tutilgan.
Yangi qoidalar Eron, hamda bir qator jamoat tashkilotlari tomonidan tanqidga olindi.