O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSh vizasi olish murakkablashtiriladi

Obuna bo‘lish
Kentukki shtati senatori AQSh uchun "juda xavfli" bo‘lgan 30 mamlakat fuqarolariga viza berish tartibini qatiqqo‘llashtirishni taklif qildi. Ushbu mamlakatlar ro‘yxatida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Eron, Turkiya, Misr, Tojikiston va Yaman bor.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. AQShning Kentukki shtati senatori, prezidentlikka nomzod, Rend Pol ishlab chiqqan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston “juda xavfli mamlakatlar” ro‘yxatiga kiritiladi. Rend Polning fikriga ko‘ra ushbu 30 mamlakatdan terrorchilar kelishi mumkin, shuning uchun ushbu mamlakat fuqarolariga AQShga kirish vizasi olish tartibi murakkablashtiriladi, RIA Novosti “Izvestiya” gazetasi xabari asosida.

Nashr xabariga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi AQSh Kongressida ko‘rib chiqilmoqda. Senator ishlab chiqqan chorala yuqoridagi “juda xavfli mamlakatlar” fuqarolari uchun viza berishdan oldin ularni kamida 30 kun mobaynida chuqur tekshirish va ushbu mamlakatlardan kelgan qochqinlar ortidan nazoratni kuchaytirishni o‘z ichiga olgan. Undan tashqari AQSh Davlat departamenti ushbu mamlakatlardan majburiy ko‘chib kelgan kishilarni qabul qilmaslik huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

“Yangi qonun loyihasiga binoan, Davlat departamenti AQSh ichki xavfsizlik vazirligi bilan birgalikda  “juda xavfli mamlakatlar” fuqarolariga AQSh vizasi kamida 30 kundan keyin yoki “kengaytirilgan xavfsizlik tekshiruvi” yakunlanmagunicha berilmasligini ta’minlashi kerak”, — deyilgan maqolada.

Nashr xabariga ko‘ra “juda xavfli mamlakatlar” ro‘yxatiga 30 mamlakat kiritilgan. O‘zbekistondan, Rossiya, Qozog‘iston, Eron, Turkiya, Misr, Tojikiston va Yaman ular qatorida.

Maqola mualliflari senator vakillaridan ushbu qonun loyihasi haqida rasmiy sharh olishga muvaffaq bo‘lishmagan.

Yangiliklar lentasi
0