TOShKENT, 9 dek — Sputnik. AQSh parlamentining quyi palatasi mamlakatga vizasiz tartibda kirish shartlarini murakkablashtirdi. Qonun loyihasi 407 kishi tomonidan ma’qullandi, qarshi ovoz berganlar soni 19 tani tashkil qildi, xabar beradi RIA Novosti Reyter ma’lumotiga ko‘ra.
Bu qonun loyihasi joriy yilning noyabr oyida Parijda bo‘lib o‘tgan teraktlar tufayli xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Parijda 13-noyabr oqshomida teraktlar ketma-ketligi yuz berdi. Bir vaqtning o‘zida Fransiya poytaxtining olti tumanida terrorchilar portlashlar va otishmalar uyushtirdi. Barcha hujumlar oqibatida jami 132 kishi halok bo‘ldi, 352 kishi yaralandi. Fojea tufayli Fransiyada uch kunlik motam e’lon qilindi.