TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. “Kamolot” yoshlar harakati ba’zi messenjerlar va
Bugungi kunda “Kamolot” ushbu yo‘lning boshida turibdi va ushbu tarmoqlar ishini cheklashning texnik va boshqa imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Xususan, yoshlar harakati diqqati Telegram, Facebook va "Odnoklassniki" messenjerlariga qaratilgan.
“Bugungi kunda ushbu xizmatlar nafaqat O‘zbekiston yoshlari orasida ommaviy balki ekstremist va terrorchilar orasida ham yoshlarni yollash uchun faol qo‘llaniladigan vositalar bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham ushbu masalani diqqat bilan o‘rganib chiqib, kerakli choralar topish kerak”, — dedi tashkilot vakili.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu masala ko‘proq huquqiy sohaga aloqador. Masalaning texnik jihati ikkinchi o‘rinda. Barcha fikr va mulohazalarni hisobga olish uchun turli sohalardan ekspertlar taklif qilinadi va xalqaro tajriba o‘rganiladi.
O‘zbekiston noqonuniy adabiyotlarga qarshi kurashda o‘z tajribasiga ega. Uning asosida – saytlarni to‘liq ta’qiqlash o‘rniga, milliy domen zonasida alternativ xizmatlar yaratish usulidir. Shu tariqa oxirgi yillar davomida “UZ” zonasida milliy ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari, videoxostingi va maxsus axborot ta’lim tarmog‘i — ZiyoNET tashkil qilindi.
“Kamolot” yoshlar harakati nodavlat, notijorat yoshlar tashkiloti tashkilot bo‘lib, 1996-yilda tashkil qilingan. Tashkilot ko‘ngilli ravishda tashkil qilingan bo‘lib, o‘z-o‘zini boshqarish tizimida ishlaydi. Bugungi kunda tashkilot 500 ming yoshlarni birlashtirigan.