TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Ekstremistik manbaalarning 90% MDH davlatlari chegaralaridan tashqarida joylashgan. Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari politsiya general-polkovnigi Andrey Novikovning fikriga qaraganda.
Gyeneral-polkovnik “Islom davlati”ning “media-imperiyasi” ta’siri juda kuchli sezilmoqda. Lekin bu aholiga ta’sir ko‘rsatayotgan ekstremistik subyektlarning birginasi emas.
“Narsalarni o‘z nomi bilan ataganda, Rossiyaga nisbatan ham, MDHning boshqa davlatlariga nisbatan ham ochiqdan-ochiq axborot urushi olib borilmoqda. Fuqarolarimizning radikal oqimlarga qo‘shilib qolishi, ko‘p hollarda, tashqi ta’sir oqibatidir”, — deydi Novikov.
Markaz rahbari yana bir qiziq fenomenga diqqatini qaratdi, ekspertlar fikricha ba’zi fuqarolar fikr-mulohazalari internetda olib borilayotgan targ‘ibot ta’siri ostida, keskin o‘zgarib, radikallashib ularning terrorchilar safiga qo‘shilishiga sabab bo‘lmoqda.
Hozirgi paytda “Islom davlati” terrorchilik guruhi, dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Oxirgi bir necha yil ichida jangarilar Iroq va Suriya chegaralarida katta hududlarni egallab olishdi. Undan tashqari terrorchilar o‘z ta’sirini shimoliy Afrika davlatlariga, xususan, Liviya mamlakatiga tarqatmoqchilar.