Jo‘natmada ham, telefonda ham...

© fotoliaQonun va odil sudlov ramzlari.
Qonun va odil sudlov ramzlari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Qo‘mitasi xodimlari tomonidan 2015-yilda mamlakatga olib kirilishi mumkin bo‘lgan 50 mingga yaqin ekstremistik mazmundagi materiallar tortib olindi.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 2015-yilda O‘zbekiston hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilayotgan ekstremistik va aqidaparastlik, missionerlik, diniy mazmundagi materiallar tortib olinib, yo‘q qilindi, xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxonasi matbuot-xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Qo‘mitasi xodimlari ma’lumotlariga qaraganda, informatsion texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan bir paytda uyali aloqa vositalari, noutbuk va elektron tashuvchilar yordamida ekstremistik va aqidaparastlik, diniy mazmundagi adabiyot, foto- va video-materiallarni mamlakat hududiga olib kirish holatlari ortib bormoqda.

"Huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan O‘zbekistonda 2015-yilda 50 mingga yaqin turli ekstremistik va aqidaparastlik, missionerlik, diniy mazmundagi materiallar tortib olindi va yo‘q qilindi", — deyiladi xabarda.

Jumladan, dekabr oyi oxirlarida jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudi “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik oqimi targ‘iboti bilan shug‘ullangan mamlakat fuqarosi Elor Baratovni olti yilga qamoq jazosiga mahkum qildi.

Kishan solingan qo‘llar - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda ekstremistik g‘oyalar targ‘ibotchilariga sud hukmi o‘qildi

Jinoyatchi Toshkentdan Bakuga uchib ketmoqchi bo‘lgan bir paytda hibsga olingan. 

Bojxona nazoratidan o‘tayotgan paytda Baratovning noutbuki va uyali aloqa vositalarida “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik oqimi tomonidan tayyorlangan videomateriallar va 1000ga yaqin diniy mazmundagi audiofayllar aniqlangan.

Noyabr oyida Latif Toshboltayev va Sohibullo Rahmatullayevlar diniy ekstremistik mazmundagi adabiyotlarni O‘zbekiston hududiga olib kirishga va tarqatishga harakat qilganliklari uchun jinoiy ishlar bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Farg‘ona aeroportida bojxona xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat davomida ularda “O‘zbekiston islom harakati” terrorchilik uyushmasi va “Jihodchilar” ekstremistik oqimi rahbarlari chiqishlari aks etgan flesh-karta hamda uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan. Toshboltayev Krasnoyarskdan, Rahmatullayev esa Moskvadan mamlakat hududiga kirib kelayotgan bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0