Dollar kursi 80 rubldan oshdi

Obuna bo‘lish
Dollar kursi 2014-yil dekabrdan beri eng baland nuqtaga chiqib 80 rublni tashkil qildi.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiyada dollar kursi bugun 80 rubldan oshdi, valyuta  birjasi ma’lumotga asosan.

Bundan oldingi safar, dollar kursi 2014-yil 16-dekabrida 80 rubldan oshgan edi. O‘shanda kurs 80,1 rubli tashkil qilib 1998-yildagi denominatsiyadan keyingi eng baland kurs bo‘lgan edi.

Investitsiya kompaniyasi xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Dollar 76, yevro 83 rubl, neft 32,99 $ - yangi yilda yangi rekordlar

Moskva valyuta birjasida Yevro kursi ham o‘sib bormoqda. Bugun Yevro narxi 87,67 rublni tashkil qildi. Bu kechagi kursga qaraganda 1,95 rublga baland.

Rublning narxi tushib ketishiga dunyo bozorida neftning narxi tushib ketishi bilan bog‘liq. ICE birjasida bugungi savdo chog‘ida Brent markali neft fyuchersining narxi 27,79 $ ni tashkil qildi. Ya’ni hozir savdo qilinayotgan shu yilning neft mart oyida barreligi 27,79 dollardan yetkizib beriladi.

Rossiya Markaziy banki, ushbu iqtisodiiy murakkab sharoitda,  valyuta olibsotarlar faoliyati iqtisodga ta’sirini kamaytirish  maqsadida,  valyuta almashtirayotgan fuqarolar shaxsini aniqlashni majburiy qildi. Almashtirilayotgan valyuta hajmiga cheklov kiritilmadi.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada valyuta almashtirish murakkablashtirildi

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, dunyo bozorida neftning narxi tushib ketishi nafaqat Rossiya valyutasi kursiga ta’sir qilmoqda, balkim iqtisodi neft bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mamlakatlarga ta’sir qilmoqda. 

Misol uchun Ozarbayjon milliy valyutasining narxi ham 1,5 yil oldingi narxga nisbatan 2,5 baravarga tushib ketgan. Ortiqcha valyuta oldi-sotti operatsiyalarini ta’qiqilash maqsadida hukumat barcha valyuta almashish shaxobchalarini vaqtincha yopishga qaror qilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0