Rossiyada valyuta almashtirish murakkablashtirildi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya banki soddalashtirilgan valyuta ayriboshlash jarayonini bekor qildi. Endilikda 15 000 rubldan ko‘p mablag‘ni uyga yubormoqchi bo‘lsangiz, anketa to‘ldirishingiz shart bo‘ladi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Rossiya Markaziy banki operatsiya summasi 15000 rubldan ortiq bo‘lgan taqdirda, valyuta ayriboshlash jarayonini murakkablashtirishga qaror qildi. Bu haqda Markaziy Bankning № 499-P Qarorida aytilgan.

Ya’ni, 15 000 rubldan ziyod mablag‘ni uyiga yuborish yoki boshqa valyutaga ayriboshlash uchun mijoz nafaqat pasport taqdim etishi, balki, anketa to‘ldirishi ham shart bo‘ladi. Rossiya Markaziy banki xodimi bergan ma’lumotga ko‘ra, valyuta ayriboshlashda fuqarolar mustaqil ravishda anketa to‘ldirmaydilar, bu ish bilan bank shug‘ullanadi.

Anketada shaxs familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari, yashash joyi, soliq to‘lovchi identifikatsion raqami — INN(agar bo‘lsa), shuningdek, “kredit uyushmasi ixtiyoriga muvofiq” boshqa ma’lumotlar keltirilishi shart bo‘ladi.

Yangi qoidalar “Rossiya Banki axborotnomasi” ("Vestnik Banka Rossii")da chop etilgan kundan 10 kun o‘tgach kuchga kiradi. Qaror “Axborotnomada” 16-dekabr kuni chop etilgan.

FZ-115 — "Terrorchilarni moliyaviy ta’minlash va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish(yuvish)ga qarshi kurash “ qonuniga muvofiq  15 000 rubldan yoki xorijiy valyutada 15 000 rublga teng bo‘lgan miqdordan oshmagan mablag‘ni yuborish yoki ayriboshlash uchun mijoz shaxsini aniqlashtirish amalga oshirilmaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0