Dollar 76, yevro 83 rubl, neft 32,99 $ - yangi yilda yangi rekordlar

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishInvestitsiya kompaniyasi xodimi
Investitsiya kompaniyasi xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyo bozorlarida neftning narxi tushib ketishi natijasida, dollar va yevro kurslari Rossiya rubliga nisbatan yana o‘sdi. Bugun dollar kursi 76,4 rublni, yevro esa – 83,4 rublni tashkil qildi.

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. Dushanba kuni valyuta birjasida savdo ochilishi bilan Dollar va Yevroning kursi birdaniga tepaga qarab o‘sa boshladi.

Ertangi kun uchun mo‘ljallangan dollar kursi 1,64 rublga o‘sib  1$ = 76,4 rublni, yevro esa 2,78 rublga o‘sib,  1 € = 83,4 rublni tashkil qildi. Bu esa, Moskva valyuta birjasi ma’lumotiga ko‘ra 2014-yil dekabrdan beri eng yuqori kurs.

Valyutalar kursining keskin o‘sishiga Rossiya daromadining taxminan 50% ni tashkil qiladigan neftning narxi tushib ketishida, deyishmoqda mutaxassislar.

Yanvar fyucherslarida Brent markali neftning narxi  1,67 %ga tushib ketib barreliga 32,99 $ ni tashkil qilmoqda. Bu 90-yillardan beri eng past narxdir.

Ba’zi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Rossiya 2014-yilda Ukrainadagi siyosiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlamagani va Qrimni o‘z ixtiyoriga o‘tkazgani uchun AQSh va bir qator g‘arb mamlakatlari Rossiyaga qarshi siyosiy ziddiyat yo‘liga o‘tgan. Hozirgi kundagi neftning narxi sun’iy ravishda pasaytirilishi ham ushbu siyosiy ziddiyatning bir qismidir.

Tarixga nazar solsak, bunday voqea yaqin o‘tmishda allaqachon bo‘lgan edi. Sobiq SSSR Afg‘onistonga qo‘shinlarini kiritgach, 1980-yillar boshida  AQSh, Saudiya Arabistoni bilan kelishgan holda, neft qazib olish hajmini keskin oshirib yuborgan edi. Natijada dunyo bozorida neftning narxi tushib ketgan va bu sobiq Ittifoqning inqirozga uchrash sabablaridan biriga aylangan edi.

 

© Wikipedia / WikipediaDunyo bozorida Brent markali neft narxining o‘zgarishi, $
Dunyo bozorida Brent markali neft narxining o‘zgarishi, $ - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo bozorida Brent markali neft narxining o‘zgarishi, $
Yangiliklar lentasi
0