TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. IT mahsulotlar davlat reyestriga birinchi 30 mahsulot kiritilish arafasida, deb xabar berdi Rossiya Aloqa va kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov.
IT mahsulotlar davlat reyestri, yangi qabul qilingan qonun va xukumat qarorini amalga oshirish maqsadida yaratilgan. Davlat oraganlari va budjet tashkilotlari kelajakda IT mahsulotlari sotib olish vaqtida birinchi navbatda ushbu davlat reyestridan tanlab olishi kerak. Chet elda ishlab chiqarilgan dasturlarni sotib olishga faqatgina ushbu reyestrda analoglari bo‘lmagan holda ruxsat beriladi. Buning uchun muassasa yetarli darajada asoslangan sabablar ko‘rsatishi kerak.
“Reyestrga kiritish yaqin kunlar ichida amalga oshiriladi. Biz 100 dan ortiq ariza oldik. Ulardagn faqat 30 tasi to‘la rasmiylashtirilgan elektron imzolarga ega. Ushbu 30 ariza hozir resstrga kiritilish arafasida turibdi va juda qisqa vaqt ichida ular resstrda bo‘lishiga ishonchim komil”, — dedi Nikiforov jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida.
Yangi qonunning ma’nosi shundaki, bundan buyon davlat tashkilotlari u yoki bu dasturni sotib olishdan avval ularni davlat reyestridan qidirib ko‘rishi kerak. Ular albatta chet elda ishlab chiqarilgan dasturlarni sotib olishga harakat qilib ko‘rishlari mumkin, lekin bunday hollarda ularga nisbatan IT kompaniyalar, Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi va Hisob palatasida bir qator savollar paydo bo‘ladi, dedi ministr.
“Bunday yumshoq yo‘l bilan sohadagi Rossiyada ishlab chiqarilgan dasturlar yo‘nalishini rivojlantirishimizga aminman”, — dedi vazir.
Aynan qiysi kompaniyalar mahsuloti resstrga kiritilishi haqida vazir hech narsa demadi. “U yerda asosan nomi barchaga yaxshi tanish bo‘lgan kompaniyalar mahsulotlari”, — dedi Nikiforov so‘zining oxirida.