Rossiyada 2016-yildan boshlab bir qator komputer dasturlarini xarid qilish ta’qiqladi

© microsoftWindows 10 operatsion tizimi
Windows 10 operatsion tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada hukumat organlari va davlat tashkilotlariga chet elda ishlab chiqarilgan dasturlardan foydalanish ta’qiqlanadi.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 2016-yil 1-yanvardan boshlab davlat tashkilotlari va mahalliy hukumat organlariga chet elda ishlab chiqarilgan kompyuter dasturlarini xarid qilishni ta’qiqlovchi qarorni imzoladi, Vazirlar mahkamasi xabariga asosan.

Qo‘l qo‘yilgan hujjatga ko‘ra, komputer dasturlarini faqatgina Rossiya vazirlar mahkamasi belgilagan ro‘yxat ichidan tanlab olish mumkin. Chet elda ishlab chiqarilgan komputer dasturlari ushbu ro‘yxatga va davlat tashkilotlari xarid qilishi mumkin bo‘lgan tenderlariga kiritilmaydi.

Faqatgina bunday dasturlar Rossiyada mavjud bo‘lmagan va ularning kerakligi yetarlicha asoslangan hollarda ushbu dasturlar vazirlar mahkamasi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp dasturlaridan foydalanish ta’qiqlanadi

Agar bunday zarurat o‘zgarsa yoki mazkur xususiyatlarga ega bo‘lgan Rossiyada ishlab chiqarilgan dasturlar paydo bo‘lganda chet el dasturlari ro‘yxatdan chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz biroz oldin, Rossiya davlat Dumasiga kommunistik partiya vakillari tomonidan, mansabdor shaxslarga chet elda ishlab chiqarilgan bir qator dasturlardan foydalanishni ta’qiqlash haqida takliflar kiritilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0