TOShKENT, 20 noya — Sputnik, Mariya Sheludakova. 2016 yil 1-yanvardan boshlab davlat tashkilotlariga chet elda ishlab chiqarilgan kompyuter dasturlarini xarid qilish ta’qiqlandi. Faqat maxsus ro‘yxatga kiritilgan dasturlarni sotib olish mumkin bo‘ladi. Kerakli dasturlar Rossiyada bo‘lmagan hollarda chet eldan xarid qilish mumkin. Ushbu qaror import o‘rnini bosish dasturini amalga oshirish maqsadida qilingan, deyilgan qarorda.
Mobile Research Group bosh analitiki Eldar Murtazin Sputnik muxbiriga ushbu qonun kaysi dasturlarga taaluqli ekanligini va Rossiya dasturlar bozoriga qanday ta’sir ko‘rsatishini aytdi.
Ekspertning so‘zlariga qaraganda, bu birinchi navbatda Microsoft kompaniyasi mahsulotlariga tegishli, hozirgi paytda Rossiyada unga o‘xshash dasturlar bor, lekin hali unchalik kuchli emas. Shunga qaramasdan, ushbu qarorning natijasi ijobiy bo‘ladi. “Mening fikrimcha bu jarayon ancha tinch o‘tadi”, — dedi analitik.
IT bozorida bu jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi, lekin nazariy tomondan, kelajakda ushbu sohaga sarmoyalar jalb qilish imkonini beradi”, dedi u. Umuman olganda Murtazin ushbu qonunni qo‘llab quvvatlaydi.
Karorga binoan, sarmoyasi 50% Rossiyaga tegishli kompaniya mahsulotlari Rossiya mahsuloti deb hisoblanishi mumkin. Dastur Rossiya mahsuloti deb hisoblanishi uchun yana qanday talablarga javob berishi kerakligini Aloqa va Ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.