Erdo‘g‘on “qurdlar masalasi”ni hal qilishga chaqirgan olimlarni “nodonlar” deb atadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda “qurdlar masalasi”mas, balki, terrorchilik muammosi mavjud. U murojaatnomani imzolagan chet ellik olimlarga Turkiyani ziyorat qilishni taklif qildi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Toyib Erdo‘g‘on Turkiya hukumatidan mamlakat janubi-sharqidagi zo‘ravonliklarga chek qo‘yib, “qurdlar masalasi”ni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirgan taniqli olimlarni “nodonlar”, deb atadi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Rossiya turkomanlarga hujum qilish maqsadida, Suriyada mitti davlat tuzapti

Bir oz oldin, 1128 nafar turk va chet el olimlari “Biz bu jinoyat ishtirokchilariga aylanishga qarshimiz” degan sarlavha ostida ushbu murojaatnomani chop etib, Turkiya hukumati rahbarlarini mamlakat janubi-sharqidagi “qirg‘in-barot"ga chek qo‘yishga va qurdlar masalasini tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirgan edilar.

Murojaatnomaga imzo chekkanlar orasida jahonga mashhur  olimlar – tilshunos Noam Xomskiy, geografchi Devid Xarvi, sotsiolog Immanuil Vallerstayn va boshqalar bor edi. Turkiya Ta’limi Oliy kengashi bunga javoban ushbu murojaatnomaga imzo chekkan turk olimlariga qarshi yuridik choralar qo‘llanilishini e’lon qildi.

"O‘zini olimlarmiz, deb atayotgan bu olomon, o‘z bayonnomasida davlatni ayblamoqda. Hoy, ziyoli nomiga da’vo qilayotganlar! Sizlar olimlarmas, omilarsiz. Sizlarning ziyoli ekanliklaringizga shubha qilaman. Chunki, siz nodonlar, mamlakat janubi-sharqi haqida hech narsa bilmaysizlar. Biz esa ushbu hududni xuddi uy manzilimizni bilgandek, bilamiz", — ta’kidladi Erdo‘g‘on, Anqarada diplomatlar oldida chiqish qilar ekan. Erdo‘g‘onning chiqishi NTV telekanali tomonidan namoyish qilindi.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda qurdlar masalasi yo‘q, terrorchilik muammosi bor, xolos. Erdo‘g‘on murojaatnomaga qo‘l qo‘ygan chet ellik olimlarga Turkiyani ziyorat qilishni taklif etdi.

"Biz ularga voqea to‘g‘risida ipidan-ignasigacha aytib berishga tayyormiz. Ular mamlakatimizga tashrif buyurib, janubi-sharqdagi qonunbuzarliklar sababi davlatga bog‘liqmi yoki terrorchilar uyushmasiga, kelib, o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishsin”, — qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘on.

Turkiya Iroq qurdlariga aviazarba berdi

Turkiya hukumati tomonidan mamlakat janubi-sharqidagi bir qator aholi puntklarida dekabr oyida “komendant soati” e’lon qilingan edi. Asosan qurdlar yashaydigan ushbu shaharlarda mamlakat harbiylari va Turkiyada faoliyati ta’qiqlangan Qurdiston Ishchi partiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berishi davom etmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha Turkiya fondi xabariga ko‘ra, 2015-yilning 16-avgustidan buyon terrorchilarga qarshi operatsiyalar o‘tkazilayotgan ushbu hududda 162 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0