TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on “Rossiya o‘g‘uz turklariga hujum uyushtirish uchun Suriya shimolida mitti davlat tuzishga zamin hozirlamoqda”, — deya ta’kidladi, RIA Novosti, Reuters xabari asosida.
Agentlik ta’kidiga ko‘ra, Erdo‘g‘on o‘z chiqishida, Eron haqida ham salbiy fikrlar bildirgan. “Tehron Suriya, Iroq va Yaman singari davlatlarda o‘z ta’sirini kuchaytirayotganidan maqsad, u bumamlakatlarda mojarolarni keltirib chiqarmoqchi bo‘lyapti”, — ta’kidladi Turkiya prezidenti.
O‘tgan yilning 24-noyabrida turk qiruvchi samolyoti Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini Suriya osmonida urib tushirganidan so‘ng, ikki mamlakat munosabatlarida “muzlik davri” boshlangan edi. Ushbu hodisadan so‘ng Rossiya Turkiyaga qarshi bir qancha iqtisodiy choralar qo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2015-yilning 30-sentabridan boshlab Prezident Bashar Asad rasmiy talabiga binoan Suriyadagi “Islom Davlati”va “Jabhat an-Nusra” terrorchilik uyushmalari obyektlari bo‘ylab aviazarbalar bera boshlagan.
O‘tgan davr mobaynida Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari Kaspiy floti kemalari ishtirokida yuzlab jangarilar va minglab terrorchilar obyektlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.