Turkiya Iroq qurdlariga aviazarba berdi

Obuna bo‘lish
Turkiya qiruvchi samolyotlari, Iroq havo chegarasini buzib o‘tib, yarim soat davomida Deyrluk va Shiladji aholi punktida joylashgan Qurdiston Ishchi partiyasi (QIP) pozitsiyalariga zarba berdi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Turkiya qiruvchi samolyotlari Iroq havo chegarasini bo‘zib o‘tib Dahuk viloyatidagi al-Imadiyaga bombalar tashladi, RIA Novosti Fars News xabari asosida. Deyrluk va Shiladjida joylashgan Qurdiston Ishchi partiyasi pozitsiyalariga hujum uyushtirildi.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda aviazarbalar yarim soat davom etgan. Bundan tashqari, turk qiruvchi samolyotlari Iroq Qurdistonining tog‘li Kandil hududida joylashgan QIP pozitsiyalariga ham zarba bergan.

Aviazarbalar Turkiya Iroq shiimolida Mosul yaqinidagi Bashik aholi punktida o‘z harbiy bazasini joylashtirganidan keyin boshlandi. Mosul hozirgi kunda DAISh jangarilari nazorati ostida. Turkiya hukumati buni o‘quv mashg‘ulotlari doirasida, rejalashtirilgan o‘rin almashtirish deb atadi.  

Yakshanba kuni Iroq bosh vaziri, agar turk qo‘shinlari 48 soat ichida mamlakat hududini tark etmasa, Iroq hukumati har qanday choralarni qo‘llashi mumkinligini, jumladan BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilishi ham mumkinligini ta’kidlagandi.  

Iroq hukumati xabariga ko‘ra, 4-dekabr kuni turk askarlari va harbiy texnikasi Iroqning shimoliy Naynava viloyatiga, terrorchilarga qarshi kurashayotgan Qurd xalq otradlari uchun jangchilar tayyorlash bahonasida kirib kelgan. Iroq TIV va Mudofaa vazirligi ushbu hatti-harakatini “dushmanlik harakati” deb baholadi.

 

Yangiliklar lentasi
0