TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Qurbon bo‘lgan yo‘lovchilarning 100ga yaqin qarindoshlari International Lease Finance Corporation (ILFC) kompaniyasini Nyu York shahar sudi uchun ariza tayorlashdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti «Izvestiya» gazetasi xabariga asosan.
Halokatga uchragan A321 samolyotining haqiqiy egasi ILFC kompaniiyasi, "Koglalimavia" undan ijaraga olgan.
Sud arizalari samolyot egasi va samolyotni turli xavflardan sug‘urta qilgan kompaniyalar nomiga berilgan. Qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari nomidan advokat Igor Trunov qatnashmoqda.
“Biz samolyot egasi — amerikaning ILFC kompaniyasidan qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari nomidan tovon puli undirish uchun hujjatlar tayorladik. Biz shu qatorda samolyotni turli xavflardan sug‘urta qilgan kompaniyani ham javobgarlikka tortamiz”, — dedi gazetaga Trunov
Barcha arizalar AQSh sudlari nomiga tayorlanmoqda, chunki samolyot egasi ILFC – Los-Andjelesda joylashgan, Sug‘urta kompaniyasi esa — Nyu Yorkda. Jarayonda qatnashish uchun AQShlik huquqshunoslar taklif qilingan.
Advokatning so‘zlariga qaraganda, tovon to‘lovlari har bir qurbon oilasiga 300 mingdan 1,5 million Dollargacha bo‘ladi.
ILFC kompaniyasi – xalqaro dunyoda eng yirik samolyotlar parki mulkdori hisoblanadi. Kompaniya ixtiyorida mingdan ziyod havo kemalari bor.
Sobiq Ittifoq va Rossiya tarixida eng yirik aviahalokat 31-oktabr kuni Misr osmonida sodir bo‘ldi. Sharm-esh-Sheyxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan A321 samolyoti Sinay yarim oroli ustida halokatga uchradi. Samolyotda bo‘lgan 224 kishi qurbon bo‘ldi.