Ekspert: A321 fojiasida Qatar maxsus xizmatining “hissasi” bor

© MChS RF / Mediabankka o‘tishMisrda aviahalokatga uchragan A321 layneri.
Misrda aviahalokatga uchragan A321 layneri. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinay yarim oroli ustida halokatga uchragan Rossiya A321 fojiasiga aloqador bo‘linmalar aniqlandi. Harbiy ekspert Vladimir Yevseyev Sputnik radiosi efirida terakt ortida taxminan kim turishini aytdi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik.Sinay yarim oroli ustida halokatga uchragan Rossiya A321 fojiasiga aloqador bo‘linmalar aniqlandi, xabar qiladi Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati boshlig‘i Aleksandr Bortnikov.

"Fojia sabablari o‘rganilmoqda. U aynan kim tomonidan sodir etilgani haqida hozircha aniq  ma’lumot berolmayman. Bunda qaysi bo‘linmalar “qo‘li borligini” taxmin qilishim mumkin, xolos”, — dedi Bortnikov.

Harbiy ekspert Vladimir Yevseyev fikricha, A321 fojiasi Qatar maxsus xizmatining ishi bo‘lishi mumkin. Misr harbiylari tufayli prezidentlikdan ketishga majbur bo‘lgan Muhammad Mursi Qatar homiyligidagi “Musulmon birodarlar” a’zosi bo‘lgan. Qatar maxsus xizmati xodimlari Misrdan shu tariqa o‘ch olganliklari ehtimolga yaqin.

U yoki bu davlat yoki maxsus xizmatning biron fojiaga aloqadorligini aniqlash uchun o‘sha mamlakat maxsus xizmati bilan aloqa o‘rnatish lozim”, — dedi Vladimir Yevseyev Sputnik radiosi efirida. Ekspertning aytishicha, Misr bu borada Rossiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga shoshilmayapti.

"Bir narsani tushunish kerak, biz hozircha ishtirokchimiz, xolos. Holatni nazorat qilganimiz yo‘q. Ikki mamlakat o‘rtasidagi charter parvozlar Misr aeroporti xavfsizlik tizimini nazorat qilish sharti bilan qayta yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini aytganmiz.Ammo bunday hamkorlikka Qohira rasman rozi bo‘lolmaydi. Mamlakatda terakt sodir etilmaganligi e’lon qilingan, — dedi harbiy ekspert.

Ammo Misr o‘zaro munosabatlar ziddiylashuvini ham xohlamasligi aniq.

"Bu turizm sohasigagina taqalmaydi. Ikkinchi Suvaysh kanali bo‘yicha loyihalar bor, Rossiya bu borada juda katta sarmoya kiritishi mumkin. Fransiyada Rossiya uchun qurilgan “Mistral”ni ham aynan Misr sotib oldi”, – deydi harbiy ekspert.

Yevseyevning ta’kidlashicha, Misr ikki tomonlama aloqalar yaxshilanishidan manfaatdor. Ammo maxsus xizmat borasidagi hamkorlik bu boshqa masala. Saudiya Arabistonidan moddiy ta’minot olib turgan Misr mustaqil qaror qabul qilolmasligi turgan gap, ta’kidlaydi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning 31-oktabr kuni “Kogalimavia” aviakompaniyasining Airbus-321 layneri Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchayotganda Misrda halokatga uchradi. Samolyot bortida bo‘lgan 224 kishi (ekipaj a’zolari bilan birga) halok bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0