Amerikalik siyosatshunos: Saudiya Arabistoni AQShga do‘st emas, dardisar

Obuna bo‘lish
O‘tmishda bir necha bor Vashingtonning “hojatini chiqargan” Ar-Riyod Amerika qiyofasida o‘ziga “tan soqchi” orttirdi. Ammo so‘nggi voqealar Saudiya Arabistoni AQShga ortiqcha yuk bo‘layotganini ko‘rsatmoqda...

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. “AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni ikki og‘iz gap bilan ifodalab bo‘lmaydi. To‘g‘ri, Ar-Riyod o‘tmishda Vashingtonning bir necha bor “hojatini chiqargan”, lekin u Amerikaga do‘st emas”, deb yozadi The New York Times nashrida chop etilgan maqolasida Fors qo‘ltig‘i davlatlari instituti Saudiya Arabistoni siyosiy munosabatlari bo‘yicha eksperti Ali Al-Ahmad, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Iroqdagi shia musulmonlarining shayx Nimr al-Nimr qatliga qarshi namoyishi. - Sputnik O‘zbekiston
Eron va Saudiya Arabistoni “sovuq urushi”ning 7 sababi

“Saudiyachilar AQSh bilan “og‘iz-burun o‘pishib” yurgan bir paytda, bu munosabatlardan o‘zi ko‘zlagan maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalanishgan. Amerikaliklar ham bundan naf ko‘rishgan, albatta. Jumladan, Saudiya Arabistoni AQShga 1940-yildan boshlab arzon narxda neft yetkazib bera boshlagan. Bundan tashqari, Afg‘onistondagi davlat tuzumini to‘ntarish uchun jihodchilarni qo‘llab quvvatlab, Amerikaga kommunizm ustidan g‘alaba qozonishga yordam bergan. Saudiyachilarning ana shu “yordami” qariyb o‘ttiz yildan beri davom etib kelayotgan vayron qiluvchi kuchga ega mojaroga asos soldi. 

Natijada, “Tolibon”, “Al-Qoida” singari terrorchilik guruhlari yuzaga keldi”, — deb yozadi Ali Al-Ahmad.

“Afg‘onistondan SSSRni “siqib chiqarish” uchun millionlarni ayamagan AQSh Saudiya Arabistonidan shu darajada cheksiz minnatdor bo‘ldiki, natijada saudiyachilarga so‘ragan narsasi muhayyo qilindi. Kamiga Saudiya Arabistoni endilikda AQSh qiyofasida “tan soqchi”ga ega bo‘ldi. Bundan havolanib ketgan saudiyachilar bo‘lar-bo‘lmasga o‘z hududiy raqiblari va dushmanlari, jumladan, Eronning ham, jig‘iga tega boshladi.

Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud. - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni munosabatlarni tiklash uchun Eronga bitta shart qo‘ydi

1970-yillar oxirida saudiyachilar orqada turib olib ma’qullash ma’nosida hayqirib turgan bir paytda aynan amerikaliklar Eron bilan urush olib borishgan”, — deb ta’kidlaydi ekspert.

"Oxirgi yillarda Amerikadan goh Suriya, goh Iroq, goh Misr ichki ishlariga aralashishni talab qilayotgan saudiyachilar o‘zlarining telbanamo hatti-harakatlari, bolalarcha g‘azabnokligi bilan AQSh uchun dahmazaga aylandi.

Saudiyachilar gapda terrorchilikka qarshi kurashgani bilan amalda aksincha, terror uyushmalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Bu esa AQShning Yaqin Sharqdagi manfaatlari hamda xavfsizlikka tahdid solmoqda”.

Saudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi. - Sputnik O‘zbekiston
Siyosatshunos: Saudiya Arabistoni ahmoqgarchilikka yo‘l qo‘ydi, lekin bu uning muammosi

Ekspertning fikricha, Vashington Ar-Riyodni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi lozim. 

AQShning Saudiya Arabistoniga bildirgan ishonchi Amerika xalqi manfaati uchun ziyonga aylandi. Saudiyachilar siyosati amerikaliklarning Yaqin Sharqdagi pozitsiyalariga “zarba” berdi.

Endi AQShga arzon neftning keragi yo‘q. Amerikaga ekstremizm ustidan g‘alaba qozonish va tinchlikni tiklash havodek zarur. Saudiya Arabistoniga esa AQShning bu xohishi ma’qul emas, demak, u AQSh uchun ortiqcha dahmazaga aylanmoqda”, deb o‘z maqolasiga yakun yasaydi Ali al-Ahmad.

 

Yangiliklar lentasi
0