Saudiya Arabistoni munosabatlarni tiklash uchun Eronga bitta shart qo‘ydi

© AP Photo / Khalid MohammedSaudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud.
Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistonining BMTdagi doimiy vakili ikki davlat munosabatlari bitta shart bilan tiklanishini aytdi. Buning uchun Tehron qirollik ichki ishlariga aralashishni to‘xtatishi lozim.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. “Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi munosabatlar Tehron boshqa mamlakatlar, shu jumladan bizning qirolligimiz ichki ishlariga aralashishni to‘xtatgan taqdirdagina qayta tiklanishi mumkin”, — dedi Saudiya Arabistonining BMTdagi doimiy vakili Abdulla Al-Muallimiy, RIA Novosti Reyter xabari asosida.

O‘tgan hafta shanba kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 47 kishi, shu jumladan, shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilishi haqida e’lon qilgan edi. Imomning qatl etilishi haqidagi xabar shia siyosiy va diniy arboblarini qattiq g‘azabga keltirdi va natijada ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.  Bu holat Ar-Riyod va Tehron o‘rtasida diplomatik munosabatlar batamom uzilishiga sabab bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0