Siyosatshunos: Saudiya Arabistoni ahmoqgarchilikka yo‘l qo‘ydi, lekin bu uning muammosi

© AP Photo / Vahid SalemiSaudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi.
Saudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos Yevgeniy Satanovskiyning aytishicha, eronliklar saudiyachilardan farqli o‘laroq jang qilishni bilishadi.

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik, Mariya Sheludakova. Saudiya Arabistonida shiya targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilishi Eronda yirik ko‘lamda norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Saudiya Arabistoni bunga javoban “Qirollikning ichki ishlariga aralashgani uchun” Eron bilan diplomatik munosabatlarni batamom uzdi.

“Yaqin Sharq instituti” ilmiy markazi prezidenti Yevgeniy Satanovskiyning ta’kidlashicha, bu ikki mamlakat o‘rtasida yashirin urush boshlanganiga ancha bo‘lgan. “Imomning qatl qilinishi – saudiyachilarning navbatdagi ahmoqgarchiligi, bundan ularning o‘zi zarar ko‘radi”, — ta’kidladi siyosatshunos.

"Saudiyachilar Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzgani Eron islom respublikasi ustidan g‘alaba qozonishga olib kelmaydi. Eronliklar jangari xalq, ular saudiyachilardan farqli o‘laroq, jang qilishni yaxshi bilishadi”, — hisoblaydi Satanovskiy.

Satanovskiy shuningdek, Saudovskaya Arabistoni Rossiyaga ittifoqchi emasligini ham eslatib o‘tdi. “Suriyadagi urush Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirdi. Ar-Riyod Bashar Asad hukumatiga qarshi urush e’lon qilgan bosh homiylardan biri sifatida jang maydoniga chiqqan edi”

Saudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Saudiya Arabistoni va Eronni yarashtirishga tayyor

"Sauddiya Arabistoni bizga ittifoqdosh ham, do‘st ham emas. Chechenistondagi urushda, qolaversa Afg‘onistonda u bizga qarshi urush olib borgan. Shunday ekan, nimaga biz saudiyachilar uchun qayg‘urishimiz kerak”, — dedi Satanovskiy.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi an-Nimrning qatl etilishi e’lon qilingach, Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasi qarshisida hamda Eron shimoli-sharqida norozilik namoyishlari boshlanib ketgan edi.

Yangiliklar lentasi
0