TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ma’lumotiga qaraganda, sohada mahsulotlar ishlab chiqarish 2015 yilning birinchi 8 oyida, o‘tgan yilning shu davriga qaraganda, sezilarli darajada o‘sdi.
Uyushma korxonalarining eksport hajmi joriy yilda 3% ga o‘sib eksport qiymati 37 mln. 257 ming dollarga yetdi.
2015 yilning yanvar-avgust oylarida 3 trillion 989 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 129 foiz o‘sish sur’atiga erishildi. Xalq iste’mol tovarlari esa — 32,7 %ga o‘sdi.
O‘sishning asosiy qismi margarin 64%, qandolat mahsulotlari 56%, shakar 48% va sut mahsulotlariga 15% to‘g‘ri keldi.
Ishlab chiqarish hajmini oshirishga Uyushma korxonalari yil oxirigacha 55 mln dollar sarflashni rejalashtirgan. Ushbu rejadan qimmati 35 mln dollarlik 20 loyha allaqachon amalga oshirildi.