Iqtisod

Oʻzbekistonda 2015 yilda 1135 oziq-ovqat korxonasi ochildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka oʻtishOziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tsexida
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tsexida - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ushbu yil davomida sohada oʻsish kuzatildi. Undan tashqari mahsulot umumiy hajmida kichik biznes ulushi koʻpaydi.

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda 2015 yilning toʻqqiz oyida oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmi 10 trln. soʻmdan oshdi. Bu esa oʻtgan yilga koʻrsatkichga qaraganda 16,7 %ga koʻp, deyilgan respublika statistika qoʻmitasi xabarida.

Xususan, shakar ishlab chiqarish 1,5 baravar, baliq – 14%, goʻsht-sut mahsulotlari – 12,5 %, sabzavot – 4,2 %, spirtli ichimliklar – 4 %, vino mahsulotlari – 3,3 %, yogʻ-moy mahsulotlari – 1,2 % ga oshdi.

Maʼlumotlarga qaraganda, oʻsish asosan poytaxt korxonalarida sodir boʻlgan. Toshkent  shahrida – 24,3 % Toshkent viloyatida – 20,8 % va Samarqand viloyatida – 13,3 %.

Sohada kichik biznes ulushi 13% ga oshib, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida 63,2 % ini tashkil qildi.   

 

Yangiliklar lentasi
0