TOShKENT, 4 yanv – Sputnik. “Kumtor gold kampani” oltin qazib olish kompaniyasi xodimi, Britaniya fuqarosi Maykl Makfit, 3-yanvar kuni ertalab soat 03:00 da Beshkekning Manas aeroportida Qirg‘iziston huquqni saqlash organlari tomonidan hibsga olindi, Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
30 dekabr kuni Maykl Makfit ijtimoiy tarmoqlarda qirg‘iz milliy taomi “Chuchuk” (qazining bir turi) fotosuratini haqoratli so‘zlar bilan bilan namoyish qilgan. Bu o‘sha zahotiyoq katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan va “Qumtor gold kampani” xodimlari ish tashlash uyushtirib, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga, IIVga va Bosh Prokuraturaga milliy qadriyatlarni haqorat qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortishni so‘rab murojaat qilishgan.
Makfit o‘sha zahotiyoq o‘zining xabarini o‘chirib kechirim so‘ragan, lekin shunga qaramasdan, 3-yanvar kuni Manas aeroportida, Qirg‘izistondan uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtda u hibsga olingan.
Issiq-Ko‘l viloyati IIB matbuot kotibi Stalbek Uskunbayevning xabariga ko‘ra, viloyat militsi xodimlari ushbu ish yuzasidan barcha kerakli materiallarni to‘plab ularni respublika Prokuraturasiga yuborishgan. Prokuratura o‘z navbatida Makfitning hatti-harakatida Qirg‘iziston JKning “299 — Milliy, diniy va irqiy adovat qo‘zg‘atish” bandi bo‘yicha ko‘rib chiqadi.
Hozirgi vaqtda ushbu ishga taaluqli barcha materiallar Qirg‘iziston Davlat Milliy Xavfsizlik qo‘mitasiga (GKNB)ga yuborilgan. Qo‘mita Makfitning milliy qadriyatlarni haqorat qilinganmi-yo‘qmi aniqlab jinoiy ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilishi kerak.
Qumtor oltin koni oltin zahiralari bo‘yicha dunyoda ikkincha, O‘rta Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. 1990-yillardan buyon Qirg‘iziston hukumati Kanadaning Centerra Gold kompaniyasi bilan birgalikda ushbu kondan oltin qazib olishmoqda. Qizig‘i shundaki, Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari Akayev va Bakiyevlar davrida ushbu noyob oltin koni, alomat yo‘llar bilan 100 % chet el kompaniyasi mulkiga aylanib qolgan, undan tashqari davlatdan katta soliq va boshqa imtiyozlar olgan. Bu haqida biz oldinroq batafsil xabar bergan edik.
Hozirgi vaqtda, Kumtor oltin koni ustida Qirg‘iziston hukumati va Kanadaning Centerra Gold kompaniyasi orasida jiddiy tortishuvlar bo‘lmoqda. Yaqinda Centerra Gold qo‘shimcha aksiyalar chiqarib kompaniyadagi Qirg‘iziston hukumati ulushini sezilarli darajada "yuvib" yubordi. Bunga javoban Qirg‘iziston hukumati "Qumtor gold kampani"ni milliylashtirishi mumkinligini e’lon qilgan edi.
Shunday murakkab vaziyatda, Makfit o‘zining odobsiz chiqishi bilan «somonga o‘t qo‘ydi» desak adashmaymiz.