TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Kanadaning Centerra Gold qo‘shma korxonasi Qirg‘iziston hukumati bilan “Qumtor” shartnomasini qayta ko‘rib chiqish haqidagi muzokaralarda ikkala tarafni ham qoniqtiradigan qaror topilishiga ishonchi yo‘qligini bildirdi, kompaniya chorshanba kuni tarqatgan xabarida.
Oldin xabar berganimizdek, sobiq prezidentlar Askar Akayev va Kurmanbek Bakiyev davrida tuzilgan, Qirg‘iziston uchun manfaatsiz bo‘lgan shartnomani qayta ko‘rib chiqish borasidagi muzokaralar uch yildan ziyod davom etgan bo‘lsada, ikkala tarafni ham qoniqtiradigan natijaga erishilmadi. Qirg‘izistonning 33% aksiyasini Qumtor koning 50% yoki 67% ulushiga almashtirish haqidagi taklifiga Centerra rozi bo‘lmadi.
22 dekabr kuni Qirg‘iziston hukumati, Centerra Gold “mutlaq qabul qilib bo‘lmaydigan shartlar” qo‘yganligi natijasida Qumtor shartnomasini qayta ko‘rib chiqish muzokaralaridan voz kechganini rasman e’lon qildi.
“Centerra Gold, Qirg‘iziston Respublikasi rahbariyati bilan uzoq muddatli ish tajribasiga qaramasdan, ushbu muzokaralar, Kanada va Qirg‘iziston qonunlari talabiga javob beradigan natijaga olib kelishiga kafolat bera olmaydi”, — deyilgan kompaniya press relizida.
Shu bilan bir vaqtda kompaniya, Jokorgu Kengesh (parlament) tomonidan ham “Qumtor” loyihasi doirasida “Qirg‘iziston Respublikasi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga zid ravishda biror hatti-harakat amalga oshirilishi mumkinligini” ham mustasno qilishdi.
Centerra mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun Qirg‘iziston bilan konstruktiv va halol hamkorlikni davom ettirishga umid qilayotganini bildirdi. “Har qanday muzokaralar barcha aksionerlar uchun adolatli bo‘lgan natijaga olib kelishi kerak. Shartnomaga binoan, loyiha bo‘yicha barcha kelishmovchiliklar xalqaro xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak”, — deb eslatib qo‘yishdi kompaniyada.
Centerra Direktorlar kengashi 17-dekabrda qo‘shimcha aksiyalar chiqarish haqida e’lon qildi. Bu esa Qirg‘iziston xoxishiga qarshi, chunki bu uning aksiyadorlik ulushini kamaytiradi va uni “Qumtor” oltin konining eng yirik aksiyadori maqomidan chiqaradi.
Qirg‘iziston parlamenti bo‘lsa, bir necha yil davom etgan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan keyin, oltin konidagi mamlakat ulushini 67 %gacha ko‘paytirishni, aks holda konni milliylashtirishini talab qilmoqda.