TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston huquqni saqlash organlari ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi savdo markazi yonida sobir bo‘lgan portlash haqidagi yolg‘on xabar tarqatilishi munosobati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, Toshkent shahar IIB vakilining xabariga asosan.
Dushanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram messendjerida Toshkentning eng yirik savdo markazlaridan biri bo‘lgan, “Samarqand darvoza” savdo markazi yaqinida sodir bo‘lgan terakt haqida xabar tarqatilgan edi. Respublika JKga binoan yozma ravishda yolg‘on xabarlar tarqatish olti oygacha qamoq jazosi bilan jazolanishi mumkin.
“Tuhmat va yolg‘on xabarlarni tarqatish munosobati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tekshiruvlar olib borilmoqda”, — dedi suhbatdosh.
Oldinroq O‘zbekistonIIV muassasa axborot xavfsizligi sohasida faoliyatini kuchaytirgani, xususan ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda yolg‘on xabarlar tarqatish bilan kurash olib borilayotganini ta’kidlagandi.
Yangi yil bayrami arafasida, ijtimoiy xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilgan. Odam gavjum bo‘ladigan joylarda II va jamoat vakillari tomonidan navbatchilik uyushtirilgan. Toshkent shahri va boshqa viloyat yirik shahar markazlarida restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar maskanlar ish tartibi soat 23:00 gacha cheklandi. Aholiga Yangi yil bayramini oila a’zolari bilan birgalikda kutib olish tavsiya etildi.