TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Samarqand shahar hokimligi fuqarolarni Yangi yilni uyda kutib olishga undamoqda. 31-dekabr kuni jamoatchilik ovqatlanish muassasalari faoliyat ko‘rsatmaydi, xabar qiladi "Samarkandskiy vestnik". Ushbu qaror viloyat hokimi yig‘ilishida qabul qilindi.
"Yangi yil – oilaviy bayram. Har bir odam uni o‘z oilasi davrasida nishonlashi kerak", — deyiladi xabarda.
Shahar hokimligi qaroriga binoan, barcha ko‘ngilochar maskanlar yilning eng so‘nggi kunida 23:00ga qadar ishlaydi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar soni 400dan ortishi kerakmasligi ta’kidlandi.