Rossiyada O‘rta Osiyo migrantlari soni kamaydi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigrantlar imtihon topshirmoqda
Migrantlar imtihon topshirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Statistik ma’lumotlarga qaraganda O‘rta Osiyodan Rossiyada ishga keluvchi migrantlar soni 40% ga kamaydi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik, Anna Stolyarova.  Bugun dunyoning ko‘p mamlakatlarida, BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi bilan Migrantlar kuni deb e’lon qilingan. 25-yil avval aynin 18-dekabrda Mehnat migrantlari huquqlarini himoyalovchi Xalqaro konvensiyasi qabul qilingan.

Sobiq Ittifoq respublikalari mustaqil bo‘lganidan keyin Rossiyaga migrantlar katta miqdorda kela boshladi. Buning natijasida migrantlar faoliyatini va huquqi asoslarini belgilaydigan qonunlar oxirgi 24-yil davomida tinimsiz takomillashtirib kelindi. Hozirgi kunda migrantlar sohasida vaziyat qanday, nima o‘zgarishlar bo‘lmoqda degan savollarimizga soha ekspertlari javob berishdi.

Sberbank bankomati - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mehnat migrantlari vatanga 54% kam pul jo‘natdilar

Tanishing, bugungi ekspertlarimiz MDH instituti Diasporalar va Migratsiya bo‘limi boshlig‘i Aleksandra Dokuchayeva va “XXI asrda migratsiya” fondi direktori, FMX direktori sobiq  o‘rinbosari Vacheslav Postavin.

Ushbu qonunlar majmuasiga 2014-yil Rossiya uchun ham migrantlar uchun ham eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar kiritildi. Xususan, MDH mehnat migrantlari uchun patent asosida ishlash tizimi kiritildi.

Bir tarafdan ushbu tizim migrantlar hayotiga aniqlik kiritib, Rossiya hududida qonuniy ravishda mehnat qilish uchun asos yaratdi. Ikkinchi tomondan esa, Rossiya hukumati uchun migrantlar oqimini nazorat qilish va davlat foydasiga kafolatlangan mablag‘ undirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ya’ni o‘zaro foydali hamkorlik muhiti yaratildi.

Patent tizimining yana bir yutug‘i – bu migrant va davlat orasida bir qator vositachi tashkilotlarning olib tashlanishi bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, har doim jiddiy to‘siq bo‘lgan,  korrupsiya muammosini biroz yengillashtirdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, qonunlar qanchalik mukammal bo‘lishiga qaramasdan, Rossiyada ularning amalda tadbiq qilinishi, doimo amaldor shaxslarning hatti-harakatidan katta zarar ko‘rib kelgan. Bir necha yil avval migratsiya sohasida korrupsiya juda avj olgan bo‘lsada, hozirgi kunga kelib ancha susaygan va kun sayin kamayib bormoqda.

“Migratsiya sohasidagi asosiy muammo bu – korrupsiya. Bizning qonunlar juda yaxshi bo‘lsada, lekin ularning hayotga tadbiq qilinishi – jirkanch darajada yomon”, deydi “XXI asr migratsiyasi” fondi direktori Vacheslav Postavin.

O‘rta Osiyo migrantlari soni kamaymoqda

MDH mamlakatlari migrantlari uchun Rossiya hududida vaqtincha qayd asosida yashash tartibini o‘zgartirish,  ma’muriy qonunbuzarliklar uchun Rossiyaga kirishni ta’qiqlash kabi choralar natijasida O‘rta Osiyodan Rossiyaga keluvchi migrantlar soni kamaydi.

Ikkinchidan, patent olish uchun migrantlar katta xarajatlar qilishga majbur. Pasportning notarial tarjimasi (1200 rubl), Rus tilini bilish haqidagi sertifikat (500 rubl), Tibbiy spravka (2300 rubl), Tibbiy sug‘urta  (2500 rubl), Yagona Migratsiya markazi xizmatlari (3500 rubl) bir oylik avans to‘lovi (4000 rubl, Moskvada).

Mehnat migrantiga eslatma - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari uchun eslatma

Uchinchidan, rubl qiymati tushib dollarning narxi oshib ketishi ham migrantlarga katta zarar yetkizmoqda. O‘rta Osiyodan kelgan migrantlar ishlab topgan pulini baribir dollarga almashtirishiga to‘g‘ri keladi. Rublning qiymati ikki yil davomida ikki baravardan ziyod tushib ketishi – migrantlar daromadining ikki baravar kamayishini bildiradi.

Mana shu uchta asosiy sababga ko‘ra, O‘rta Osiyodan Rossiyaga kelayotgan migrantlar soni 2015-yilda 40 %ga kamaydi.  

 

Yangiliklar lentasi
0