TOShKENT, 10 sen —Sputnik. Mehnat migrantlari otmonida O‘zbekistonga jo‘natilayotgan pullar hajmi shu yilning birinchi yarmida 54% ga kamaydi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, 2015-yilning birnchi yarmida o‘zbek mehnat migrantlari uyga 1,149 milliard dollar yuborishgan. Bu o‘tgan yilga qaraganda 54,7% ga kam.
Jahon Banki ma’lumotiga qaraganda, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar yillik Yalpi maxsulotining 11,7 % ni, mamlakat umumiy eksport daromadidan 45% ni tashkail qiladi.
“O‘rtacha bank o‘tkazmasi miqdori bir yil avval 660-670 dollar bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda — 440-450 dollarni tashkil qiladi. Ushbu miqdor yil oxirigacha o‘zgarmaydi,” — deb o‘ylaydi Central Asia Investments analitiki Ilxat Tushev.
Uning so‘zlariga qaraganda, rublning o‘sishi va migrantlar sonining o‘zgarmaganligi, pul o‘tkazmalar sonini barqarorlashtirishga olib keladi.
Rossiya hanuzgacha O‘zbekiston fuqarolari uchun eng yirik chet el mehnat bozori bo‘lib qolmoqda. Migratsiya qonunlarining murakkablashishi, albatta, mehnat resurslarining Rossiyadan oqib ketishiga olib keladi. Federal migratsiya xizmati xabariga ko‘ra, 2015-yil yanvarda Rossiyada 2,200 million O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib 2,095 million O‘zbekiston fuqarosi qolgan.
Rasmiy statistika ma’lumotlariga asosan, 2015-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 441,8 ming ish joyi tashkil etilgan.Undan 100 mingi Rossiyadan vataniga qaytib kelgan migrantlar uchun mo‘ljallangan.