Oxirgi paytda OAV va hayotda keng ishlatilayotgan “migrant” so‘zining o‘zbekchada aniq tarjimasi yo‘q, shuning uchun mushtariylardan uzr so‘ragan holda maqolamizda ushbu so‘zni ishlatamiz.
Sir emaski, oxirgi yillarda MDH mamlakatlaridan juda ko‘p fuqarolar Rossiyaga ishga kelmoqda. Begona yurtda har bir musofir uchun eng zarur masala bu — hujjatlarni qonuniy ravishda rasmiylashtirib, migratsiya xizmati va politsiya tekshiruvlaridan qo‘rqmasdan, xotirjam yashash va ishlash.
Ma’lumki, Rossiyada migratsiya qonunlari murakkab, yana ular har yili o‘zgaradi, yangiliklar kiritiladi. Yuqoridagi infografikada, Rossiyada ishlashni xoxlagan fuqarolar uchun bosqichma-bosqich eslatma taklif qilamiz. Murakkab qonun-qoidalarni oddiy so‘zlar va suratlar yordamida tushuntirishga harakat qildik. Umid qilamizki, ushbu infografikamiz sizga har xil tushunmovchiliklar va bilib-bilmay qonun buzishlar oldini olishga yordam beradi.
Shu o‘rinda, ba’zi bir foydali havolalarni keltirmoqchimiz:
Federal migratsiya xizmatining viloyatlardagi idoralari adres va telefonlari: http://www.fms.gov.ru/contacts/tel_sprav_territor/index.php
Rossiyaga kirishga ta’qiq bor yoki yo‘qligini tekshirish uchun FMSning rasmiy sayti: http://services.fms.gov.ru/info-service.htm?sid=3000