O‘zbekiston: Amudaryo va Sirdaryo yuqori o‘zanida joylashgan har qanday inshoot xalqaro ekspertiza nazorati ostida qurilishi kerak

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishBureysk GESi to‘g‘oni Amursk viloyati
Bureysk GESi to‘g‘oni Amursk viloyati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milan shahrida o‘tkazilgan “YeI – O‘rta Osiyo” suv zahiralari anjumanida o‘zbek delegatsiyasi qatnashdi.

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro anjumanda atmosfera havosi, suv va yer zahiralari sifatini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlarini taqdim qildi, O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabari asosida.

Davlat Tabiatni saqlash qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov va respublika Qishloq xo‘jaligi vazirligi va suv zahiralari bo‘limi boshlig‘i Fozilov o‘z nutqida oxirgi yillardi sug‘oriladigan yerlar maydonida tuz bosgan yerlar 6%ga  kamayganligini, region suv zahiralaridan suv ishlatish yiliga 64 milliarddan 51 milliard kub metrga kamayganini ta’kidladi.

Respublika vakillari so‘zlariga qaraganda, regionda eng zarur masala bu umumregion suv zahiralarini oqilona ishlatish masalasi bo‘lib qolmoqda.

Nutq so‘zlaganlar “daryo yuqori o‘zanlarida qurilayotgan har qanday yirik gidrotexnik inshootlar, albatta BMT nazorati ostidagi xolis xalqaro ekspertizadan o‘tishi kerak va albatta Amudaryo va Sirdaryo oqimlarining pastki qismida joylashgan mamlakatlar roziligi bilan bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

O‘rta Osiyo mamlakatlari Berlinda suv manbaalari muammosini muhokama qiladilar

O‘zbekiston vakillari davlat tomonidan yer zahiralari sifatini yaxshilash uchun qilinayotgan ishlar haqida gapirib berdilar. Egiluvchan quvrlar orqali tomchilab sug‘orish va plonka ostiga ekish texnologiyalari evaziga sug‘oriladigan yerlar maydoni kengaytirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulot turlarini ko‘paytirishga katta e’tibor berilmoqda.

“Ko‘p namlik talab qiladigan o‘simliklar guruch, paxta va beda o‘rniga bug‘doy, poliz ekinlari, uzumzorlar va boshqa ekinlar ekilmoqda. Natijada paxta maydonlari 1,25 million gektarga —   30%ga  kamaytirilgan, guruch ekish maydoni – 40 ming gektarga, ya’ni 4 barobar, dedi Abdusamatov, anjumanda so‘zga chiqarkan.

Qurib qolgan Orol dengizi o‘rnida kemalar qabristoni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston suv iste’molini yiliga 24% ga qisqartirdi

2007 yilda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘z qarori bilan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Fondi tashkil qilindi. 2013-yilda O‘zbekiston hukumati regionda ekologiya holatini yaxshilash uchun bir qator choralar ko‘rishni tasdiqladi. Xususan, suv bilan ta’minlash tarmoqlarini qurish va ta’mirlash hamda tomchilab sug‘orish tizimini kiritish shular jumlasidan. Ushbu maqsadlarga umumiy hisobda 1,2 milliard dollar ajratildi.

 

Yangiliklar lentasi
0