TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Respublika Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatovning so‘zlariga asoslanib, cuv resurslarini ratsional ishlatmasdan turib, aholining munosib hayot bilan ta’minlashning iloji yo‘q, — deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Berlinda, O‘rta Osiyoning suv muammolariga bag‘ishlangan, xalqaro konferensiya yakunlandi. Ushbu muzokaralarda O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi.
“O‘rta Osiyo suv arteriyalarida quriladigan yirik inshootlar, ayniqsa yuqori tog‘li hududlarida joylashgan mamlakatlarda, albatta, malakali xalqaro ekspertiza nazorati ostida bo‘lishi kerak”, — dedi Abdusamatov, konferensiyada so‘zga chiqarkan.
Regionda yashaydigan 60 million aholining hayoti va sog‘ligi ushbu suv resurslariga bog‘liq.
O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir marta esga soldi: ommaviy suv kamgarchiligiga yo‘l qo‘yish mumkin emas, chunki bu ekologik va ijtimoiy halokatga olib keladi.
Oxirgi yillarda respublikada, suv resurslarini qayta tiklashga qaratilagan loyhalarni amalga oshirishga 2 milliard dollardan ko‘p xarajat qilindi.
Ushbu ko‘rilgan choralar natijasida O‘zbekiston suv iste’moliniyiliga 20%ga kamaytirdi, suvni aholi jon boshi bo‘yicha ishlatish esa — 2 baravarga kamaydi.
Orol dengizi halokati oqtibatlarini yumshatish uchun,o‘zbek mutaxassislari bir qator choralar taklif qilishdi. Ular orasida – irrigatsiya va drenaj tizimlarini ta’mirlash, Amudaryo tarmoqlarida yangi suv havzalari qurish.
Respublika mutaxassilari fikricha, zamonaviy monitoring tizimlarini rivojlantirish kerak. Undan tashqari regionning barcha darolarida suv o‘lchaydigan asbob uskunalarni ta’mirlash kerak.