O‘rta Osiyo mamlakatlari Berlinda suv manbaalari muammosini muhokama qiladilar

Obuna bo‘lish
Berlinda 7-8 sentabrda “O‘rta Osiyoda suv va qo‘shnichilik munosobatlari” mavzuyida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 7 sen ─ Sputnik. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi O‘rta Osiyodagi suv manbaalarini taqsimlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada qatnashadi, deb xabar berdi respublika TIV axborot xizmati.

Konferensiyada O‘rta Osiyo mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari delegatsiyalari,  OBSE, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi a’zolari va boshqalar qantashadi.

Ushbu uchrashuv Olmoniya TIV va Olmoniya xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan tashkil qilingan.  

O‘rta Osiyda suv manbaalari haqida gap ketganda, ko‘p hollarda, hududning asosiy suv ta’minotchilari (Qirg‘iziston va Tojikiston) bilan asosiy suv iste’molchilari (O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston) orasida mojarolarga olib keladi.      

Tojikiston va Qirg‘iziston suv manbaalarini elektr ishlab chiqarishga yo‘naltirish tarafdori bo‘lsa Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston esa suvdan mumkin qadar ko‘prok qishloq xo‘jaligi uchun foydalanish tarafdori.

 

Yangiliklar lentasi
0