QFUning Jizzax filialida bakalavrlarga birinchi diplomlar topshirildi

© SputnikV filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram
V filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Yangi o‘quv yilidan boshlab oliygohda magistratura ochiladi, kelgusida esa atom tibbiyoti va avtomobil klasteri uchun mutaxassislar tayyorlash rejalashtirilgan.
Qozon federal universitetining (QFU) Jizzaxdagi filialida bakalavr talabalarining ilk bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. “Lingvistika”, “Jurnalistika”, “Axborot tizimlari va texnologiyalari”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish”, “Geologiya”, “Iqtisodiyot” va “Farmatsiya” kabi ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan 98 nafar yigit-qiz orziqib kutilgan diplomlarga ega bo‘ldi.
© Press-slujba KFUV filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram
V filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
V filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram
Talabalar va filialni ushbu bayram bilan tabriklash uchun bosh oliygohdan vakillar – rektor Lenar Safin, ta’lim faoliyati bo‘yicha prorektor Yekaterina Turilova, QFU Universitet klinikasi bosh shifokori Rinat Shigabutdinov hamda Xalqaro munosabatlar, tarix va sharqshunoslik instituti direktori vazifasini bajaruvchi Ayrat Kayumov tashrif buyurdi.
Lenar Safin jurnalistlarga bergan intervyusida QFU uchun Jizzax filialida ilk diplomlarning topshirilishi muhim sana ekanini aytdi.
© PRess-slujba KFURektor KFU Lenar Safin
Rektor KFU Lenar Safin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Rektor KFU Lenar Safin
“Universitetimiz – Rossiyadagi eng qadimiy oliygohlardan biri. Ilk filialimizni aynan Jizzaxda ochganimizdan esa juda mamnunmiz”, — dedi u.
Safin bugungi kunda Jizzax viloyati jadal rivojlanayotganini, Forish tumanida birinchi AES qurilayotganini, yirik sanoat va avtomobilsozlik klasterlari yaratilayotganini ta’kidladi.
“Biz, shubhasiz, sizning go‘zal viloyatingizdagi ushbu ilg‘or sohalar uchun mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasimiz", — deya ta’kidladi u.
© Press-slujba KFUV filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram
V filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
V filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram
Uning aytishicha, tez orada mutaxassisliklar ro‘yxati kengaytiriladi, 2026-2027 o‘quv yilidan bir nechta magistratura dasturini ochish rejalashtirilmoqda. Bular lingvistika, jurnalistika, iqtisodiyot hamda axborot tizimlari va texnologiyalari bo‘yicha magistratura dasturlaridir.
“Rejalarda atom tibbiyoti va avtomobil klasteri uchun yo‘nalishlar ochish. Shuningdek, bu yerda fizika va matematika fanlarini ham ko‘rishni istardik. Biz moslashuvchanmiz, mintaqadagi muammo va ehtiyojlarga yarasha ish tutamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Safin.
Rektor filialning ilk bitiruvchilari magistratura va aspiranturada o‘qishni davom ettirib, so‘ngra o‘z ona oliygohlariga o‘qituvchi sifatida qaytishlariga umid bildirdi.
Diplomlarni tantanali topshirish marosimida “Rossotrudnichestvo” vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya, Rossiya elchixonasi kotibi Ilya Matveyev, Tataristonning O‘zbekistondagi vakili Aydar Axtareyev va boshqalar faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Ular yoshlarni tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirishdi.
© Press-slujba KFURukovoditel predstavitelstva Rossotrudnichestva v Uzbekistane Irina Staroselskaya
Rukovoditel predstavitelstva Rossotrudnichestva  v Uzbekistane Irina Staroselskaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Rukovoditel predstavitelstva Rossotrudnichestva v Uzbekistane Irina Staroselskaya

“Bugun bu yerda ekanligimiz biz uchun katta sharaf, chunki Qozon federal universiteti va uning filiali – bizning yirik hamkorlarimiz va yaqin do‘stlarimiz. Rossotrudnichestvoning deyarli birorta ham tadbiri ularning talabalari ishtirokisiz o‘tmaydi”, — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Irina Staroselskaya jurnalistlar bilan suhbatda.

Andrey Matas — “Jurnalistika” yo‘nalishi o‘qituvchisi, u filial ochilganidan beri shu yerda ishlaydi.

“Bu vaqt ichida biz ko‘p narsalarni boshdan kechirdik: oliygoh qiyofasi o‘zgardi, u kengaydi, talabalar ham boshqacha bo‘ldi, chunki har bir yangi kurs avvalgisiga o‘xshamasdi, yangi an’analar qo‘shildi”, — dedi pedagog Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Shu yillar davomida filialda Andrey Matas va uning hamkasbi Viktor Kalinin tashabbusi bilan teatr to‘garagi tashkil etildi. Dastlab yigit-qizlar viloyat drama teatrida kichik sahna ko‘rinishlarini namoyish etishgan bo‘lsa, 2026-yilning mart oyida Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida O‘zbekiston Yoshlar teatri sahnasida ularning “Hur qizlar” nomli ilk spektakli debuti bo‘lib o‘tdi.
“Filial jurfakining hozirgi bitiruvchilari — juda tashabbuskor, yorqin shaxslar”, — dedi Matas.
O‘qituvchining aytishicha, ular har yili yangilikka qo‘l urishgan: tanlov va loyihalarda qatnashishgan, Jizzax viloyatining madaniy-tarixiy obidalariga bag‘ishlangan multimedia portalini, onlayn OAV va boshqa ko‘plab ishlarni yaratishgan.
© SputnikV filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram
V filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
V filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram
“Bunday ish jarayonida yoshlar o‘z salohiyatini namoyon qilib, o‘zgarishdi, O‘zbekistonning yetakchi nashrlarida amaliyot o‘tashdi. Shuning uchun, hozir diplom olayotganlarida ular chorrahada qolib ketmasdan, o‘zlarini kutib turgan aniq joylarga yo‘l olishadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Andrey Matasning shogirdlaridan biri Rushana Baxmetovaning fikricha, aynan oliygohdagi ta’lim va ustozlarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli jurnalistika kasbini tanlab, to‘g‘ri qaror qilganiga to‘liq amin bo‘lgan.
“O‘qish davomida radio, televidenie va bosma nashrlarda amaliyot o‘taganimiz ham bizga juda katta yordam berdi. Biz yangi bilim va tajribalarni egallab, bor imkoniyatlardan to‘liq foydalandik. Hozirda uchta nashrni ko‘zlab qo‘yganman, o‘sha yerda o‘z salohiyatimni namoyon etib, ish boshlamoqchiman. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi”, — deydi u.
“Axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalishi bitiruvchisi Dmitriy Shishnevning ta’kidlashicha, bir tomondan maqsadiga erishganidan boshi osmonga yetsa, ikkinchi tomondan, hayotining eng yorqin va quvonchli bosqichlaridan biri nihoyasiga yetayotganidan mahzun.
© SputnikV filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram
V filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
V filiale KFU v Djizake vruchili pervie diplomi bakalavram
“Filialimiz shunchaki o‘qish maskani emas, balki biz ijodiy rivojlangan va mutlaqoyangi narsalarni o‘rgangan tramplin bo‘ldi”, — dedi u.
Shu kuni QFU Jizzax filiali negizida ADM akademiyasi ochildi. Bu yerda avtomobilsozlik sanoati uchun kadrlar tayyorlanadi. Tegishli hujjatni QFU rektori Lenar Safin va “ADM Jizzakh” bosh direktori Najmiddin Shamshidinov imzoladi.
© Press-slujba KFUNa baze Djizakskogo filiala KFU otkrili ADM akademiyu
Na baze Djizakskogo filiala KFU otkrili ADM akademiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Na baze Djizakskogo filiala KFU otkrili ADM akademiyu
Shuningdek, QFU delegatsiyasi filialning o‘quv laboratoriyalari joylashtirilgan Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga ham tashrif buyurdi.
“Hur qizlar”: Jizzaxdagi QFU filiali talabalari katta sahnada chiqish qildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2026
“Hur qizlar”: Jizzaxdagi QFU filiali talabalari katta sahnada chiqish qildi
Yangiliklar lentasi
0