Avtobuslarda yo‘l haqini to‘lash tartibi o‘zgarmoqda — tafsilotlar

© Sputnik / Zafar XalilovBankovskie karti
Bankovskie karti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Obuna bo‘lish
1 sentabrdan shahar avtobuslarida yo‘lkirani transport kartasi, bank kartasi, smartfon yoki QR orqali kirish vaqtida tasdiqlash talab etiladi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda shahar avtobuslarida yo‘lkira to‘lash tartibi o‘zgaradi. Bu “Shahar yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi yo‘lkirani avtobusga chiqish vaqtida to‘lashi kerak bo‘ladi.
To‘lov validatorlar orqali amalga oshiriladi. Yo‘lovchi transport kartasini validatorga tekkizib, yo‘lkirani tasdiqlashi mumkin.
Shuningdek, bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz elektron to‘lov usullari — NFC, QR, biometrik to‘lov va boshqa joriy etilayotgan texnologiyalar orqali ham to‘lash imkoni bo‘ladi.
Imtiyozli yoki bepul yurish huquqiga ega yo‘lovchilar ham ijtimoiy yoki transport kartasini validatorga tekkizib, o‘z huquqini tasdiqlashi kerak.
Agar yo‘lkira avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa yoki imtiyozli yurish huquqi tasdiqlanmasa, yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.
Qarorda poytaxt jamoat transporti va shahar atrofi temir yo‘l qatnovlarida yagona to‘lov tizimini joriy etish ham nazarda tutilgan. Transport vazirligi tegishli idoralar bilan birga 1-sentabrga qadar “elektropoyezd — avtobus” va “elektropoyezd — metro” tarif rejalarini ishlab chiqishi belgilangan.
Bundan tashqari, shahar atrofiga 5 kilometrgacha, ayrim hollarda esa tasdiqlangan bosh rejalarga muvofiq 12 kilometrgacha chiqadigan yo‘nalishlar ham shahar avtobus yo‘nalishlari hisoblanadi.
Transportnaya karta ATTO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2026
ATTO: almashinuv tarifi yo‘lovchilarga milliardlab so‘m tejab berdi
Yangiliklar lentasi
0