https://oz.sputniknews.uz/20260126/atto-almashinuv-tarif-yolovchilar-tejov-55257592.html
ATTO: almashinuv tarifi yo‘lovchilarga milliardlab so‘m tejab berdi
ATTO: almashinuv tarifi yo‘lovchilarga milliardlab so‘m tejab berdi
Sputnik O‘zbekiston
ATTO ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda almashinuv tarifi tufayli yo‘lovchilar 36,9 mlrd so‘m tejadi. Jami 162,4 mln to‘lov qilingan safar qayd etilgan.
2026-01-26T09:29+0500
2026-01-26T09:29+0500
2026-01-26T10:40+0500
jamoat transporti
jamiyat
avtobus
metro
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/10/48907203_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_8f95c5bc407c5630758e9f4b4e9ca4a0.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2025-yilda jamoat transportida ATTO transport va virtual kartalari orqali to‘lov qilingan safarlar soni 162,4 milliontani tashkil etdi. Bu haqda “Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori” AJ matbuot xizmati xabar berdi.Shundan 124,7 milliontasi avtobuslarga, 37,7 milliontasi metropolitenga to‘g‘ri keladi.Avtobuslarda ushbu tariflar bo‘yicha to‘lovlar hajmi:Metropolitenda esa:2025 yil davomida aynan almashinuv tariflari hisobiga yo‘lovchilar 36,9 mlrd so‘m mablag‘ni tejashga erishdi.Yil davomida naqd pulsiz to‘lovlar hajmi ham jadal o‘sdi. Tranzaksiyalar soni 35,7 foizga oshib, 2024-yildagi 510 milliondan 692 millionga yetdi.To‘lov turlari bo‘yicha o‘sish:Hududlarda ham tranzaksiyalar soni 483 foizga oshdi.Mutaxassislar bu o‘sishni poytaxt jamoat transportida naqd pul hisob-kitoblarining bekor qilinishi va raqamli to‘lovlarga tez o‘tish bilan izohlamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260115/tashkent-kochalar-harakat-ozgarish-54825611.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/10/48907203_456:0:3187:2048_1920x0_80_0_0_bc58a6368e5af436ac75ff2dcb9e43a4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
atto, o‘zbekiston, toshkent, jamoat transporti, almashinuv tarifi, avtobus, metropoliten, transport kartasi, virtual karta, naqd pulsiz to‘lov, tranzaksiya, 1700 so‘m, 1100 so‘m, 700 so‘m, tejam, yo‘lovchi
atto, o‘zbekiston, toshkent, jamoat transporti, almashinuv tarifi, avtobus, metropoliten, transport kartasi, virtual karta, naqd pulsiz to‘lov, tranzaksiya, 1700 so‘m, 1100 so‘m, 700 so‘m, tejam, yo‘lovchi
ATTO: almashinuv tarifi yo‘lovchilarga milliardlab so‘m tejab berdi
09:29 26.01.2026 (yangilandi: 10:40 26.01.2026) Jamoat transportida bir soat ichida yo‘l almashtirgan yo‘lovchi kamroq to‘laydi. Shu tartib 2025-yilda aholiga 36,9 milliard so‘m tejash imkonini berdi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2025 yilda jamoat transportida ATTO transport va virtual kartalari orqali to‘lov qilingan safarlar soni 162,4 milliontani tashkil etdi. Bu haqda “Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori” AJ matbuot xizmati
xabar berdi.
Shundan 124,7 milliontasi avtobuslarga, 37,7 milliontasi metropolitenga to‘g‘ri keladi.
Almashinuv tarifi tufayli yo‘lovchilar birinchi safar uchun 1700 so‘m, bir soat ichidagi ikkinchi safar uchun 1100 so‘m, uchinchi safar uchun esa 700 so‘m to‘lash imkoniga ega bo‘ldi.
Avtobuslarda ushbu tariflar bo‘yicha to‘lovlar hajmi:
1700 so‘mlik safarlar — qariyb 93 milliard so‘m;
1100 so‘mlik safarlar — 4,8 milliard so‘m;
700 so‘mlik safarlar — 3,8 milliard so‘mni tashkil etdi.
1700 so‘mlik safarlar — 30 milliard so‘m;
1100 so‘mlik safarlar — 7,5 milliard so‘mni tashkil qildi.
2025 yil davomida aynan almashinuv tariflari hisobiga yo‘lovchilar 36,9 mlrd so‘m mablag‘ni tejashga erishdi.
Yil davomida naqd pulsiz to‘lovlar hajmi ham jadal o‘sdi. Tranzaksiyalar soni 35,7 foizga oshib, 2024-yildagi 510 milliondan 692 millionga yetdi.
To‘lov turlari bo‘yicha o‘sish:
transport kartalari — 213 million tranzaksiya (+52%);
bank kartalari — 387,4 million (+165%);
virtual kartalar — 6,4 million (+234%).
Hududlarda ham tranzaksiyalar soni 483 foizga oshdi.
Mutaxassislar bu o‘sishni poytaxt jamoat transportida naqd pul hisob-kitoblarining bekor qilinishi va raqamli to‘lovlarga tez o‘tish bilan izohlamoqda.