Mirziyoyev Chirchiqda rossiyalik hamkor bilan ochilgan korxonaga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya "BCG Group OZ" v texnoparke "Chirchik"
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya BCG Group OZ v texnoparke Chirchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Obuna bo‘lish
Chirchiqdagi “BCG Group OZ” korxonasida 80 tadan ortiq turdagi maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga tashrifi davomida “BCG Group OZ” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Korxona rossiyalik hamkor bilan tashkil etilgan bo‘lib, umumiy qiymati 6 million dollarlik loyiha doirasida 80 tadan ziyod yangi ish o‘rni yaratilgan.
“BCG Group OZ” maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu yerda 80 dan ortiq turdagi mahsulotlar tayyorlanmoqda.
Jumladan:
● avtokimyo va avtokosmetika vositalari;
● mehmonxona va restoranlar uchun professional klining mahsulotlari;
● sanoat obyektlari uchun tozalash vositalari ishlab chiqarilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili korxonada 176 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 2,6 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Korxona mahsulotlari hisobidan 14,7 million dollarlik import o‘rni bosilgan.
Mahsulotlar sifati milliy va xalqaro hujjatlar, jumladan ISO 9001, “Halol” hamda MDH davlatlari sertifikatlari bilan tasdiqlangan.
Hozirda korxona mahsulotlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.
Kelgusida “BCG Group OZ” mahsulot ishlab chiqarish hajmini 294 milliard so‘mga yetkazishni rejalashtirgan.
Raqamli texnologiyalar va SI: hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2026
Matbuot markazi
Raqamli texnologiyalar, AI va FinTech: Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi ufqlari
Yangiliklar lentasi
0