Yosh iste’dodlarga 300 mln so‘mgacha mukofot: madaniyat sohasida yangi tizim joriy etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha prezidenta s rabotnikami kulturi i iskusstva.
Vstrecha prezidenta s rabotnikami kulturi i iskusstva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
Obuna bo‘lish
Prezident uchrashuvida madaniyat va san’atda 21 ta ijodiy birlashma tashkil etish, ijodkorlarga yangi mukofot va imtiyozlar berish rejalari ma’lum qilindi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvida ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi ma’lum qilindi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, teatr, kino, raqs, opera, folklor, estrada, akademik va milliy cholg‘u, tasviriy va amaliy san’at kabi 21 ta yo‘nalish bo‘yicha ijodiy birlashmalar tashkil etiladi.
Ularga bir tomondan ustoz ijodkorlar, ikkinchi tomondan vazirlar va kompaniya rahbarlari hamrais bo‘ladi.
Yangi tizim doirasida:
ustoz san’atkorlar yoshlarga kasb sirlari va sahna madaniyatini o‘rgatadi;
vazirlar va kompaniya rahbarlari tumanlardagi musiqa maktablari va badiiy jamoalar muammolarini o‘rganadi;
har bir ijodiy birlashma bo‘yicha mahalla – tuman – viloyat – respublika bosqichlarida tanlovlar o‘tkaziladi;
g‘oliblar gastrol safarlari, festivallar va xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi uchun qo‘llab-quvvatlanadi.
Har yili “Milliy ijodkorlar qurultoyi” o‘tkaziladi. U 21 ta ijodiy birlashmaning yillik hisoboti sifatida tashkil etiladi.
Qurultoyda yil davomida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ijodkorlarning badiiy kechalari o‘tkaziladi va ular taqdirlanadi.
Masalan, musiqa sohasida kamida 10 ta qo‘shiq yoki musiqa yaratgan, xalq artisti yoki xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan, xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lgan, asarlari mamlakat va xalqaro sahnalarda ijro etilayotgan qo‘shiqchi, sozanda va kompozitorlar rag‘batlantiriladi.
Adabiyot sohasida esa yuqori e’tirofga sazovor badiiy kitob mualliflari, asarlari 50 ming nusxadan ziyod chop etilgan, ijodi teatr va kinoda sahnalashtirilgan, she’rlari mashhur qo‘shiqqa aylangan shoir, yozuvchi va dramaturglar qo‘llab-quvvatlanadi.
Ularga:
yil davomida har oy 5 mln so‘mdan qalam haqi beriladi;
O‘zbekiston bo‘ylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanish imkoni yaratiladi;
ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida davolanish xarajatlari budjetdan qoplanadi;
mahorat maktabi va ijod uylari tashkil etiladi.
Yosh iste’dodlar uchun: 1-sentabrdan respublika tanlovi g‘oliblariga 100 mln so‘m, nufuzli xalqaro tanlov sovrindorlariga esa 300 mln so‘mgacha mukofot beriladi. Ularning tanlovlarda ishtirok etish xarajatlari to‘liq qoplanadi.
Ularning ustoz va murabbiylarining oylik maoshiga 100 foizgacha ustama to‘lanadi. Bu imtiyoz va yengilliklar xususiy ijodiy guruhlarga ham tatbiq etiladi.
Har yili 100 nafar yosh davlat hisobidan xorijiy madaniyat va san’at dargohlarida ta’lim oladi.
Shuningdek, yosh iste’dodlar va produserlarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Ijodga investitsiya” jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘armaga yiliga 200 mlrd so‘m ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s rabotnikami selskogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2026
Prezident madaniyat va san’at xodimlarini tabrikladi: yutuqlar va rejalar ochiqlandi
Yangiliklar lentasi
0