Prezident madaniyat va san’at xodimlarini tabrikladi: yutuqlar va rejalar ochiqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s rabotnikami selskogo xozaystva
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s rabotnikami selskogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2026
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at xodimlarini bayram bilan tabriklab, sohadagi yutuqlar hamda 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi rejalarni ma’lum qildi
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 15-aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident so‘nggi yillarda madaniyat va san’at tizimini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, keyingi yillarda 2 ta teatr, 19 ta madaniyat markazi, 16 ta muzey, 20 ta musiqa va san’at maktabi, 5 ta oliygoh tashkil etildi, 125 ta tarixiy-madaniy meros obyektida asrash va tiklash ishlari bajarildi.
O‘tgan yili davlat buyurtmasi asosida 123 ta kinofilm tayyorlandi, 35 nafar xodim uy-joy bilan ta’minlandi, ish haqi o‘rtacha 35 foizga oshirildi.
Mirziyoyev 2030-yilgacha kreativ iqtisodiyotning YaIMdagi ulushini 5 foizga yetkazish maqsadi belgilanganini bildirdi.
Statuetka dlya nagrajdeniya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi — prezident qarori
Yangiliklar lentasi
0