https://oz.sputniknews.uz/20210119/Volodin-amerika-saylov-tizimini-keskin-tanid-ildi-15820237.html
Volodin amerika saylov tizimini keskin tanqid qildi
Volodin amerika saylov tizimini keskin tanqid qildi
Sputnik O‘zbekiston
Amerika ijtimoiy tarmoqlaridagi bu singari behadlik Rossiyada yuz bermasligi muhim, deya ogohlantirdi Volodin. 19.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-19T17:05+0500
2021-01-19T17:05+0500
2021-01-19T17:06+0500
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/714/37/7143733_0:0:2500:1407_1920x0_80_0_0_980711d569fcd5b8af311e69d6b50b1f.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Butun dunyoni demokratiya standartlariga o‘rgatuvchi AQSh hammasini o‘zi barbod qildi, deb bayonot qildi SShA, kotorie uchat ves mir standartam demokratii, sami vse perecherknuli, zayavil spiker Gosudmi Vacheslav Volodin."Hamkasblar, yuz bergan voqealar yuzasidan yana bir bor mulohaza qilib ko‘ring. Amaldagi prezident uchun ovoz bergan 75 million nafar amerikaliklarni, uning tarafdorlarini fkndamental huquq - so‘z erkinligidan mahrum qilishdi", - dedi u bahorgi sessiya ochilishi vaqtida.Parlament quyi palatasi raisi, amerikalik yetakchiga kommunikatsiyalarga dostupni yopib qo‘yishgani, u saylovchilar bilan yirik ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilishdan mahrum etilgani, va bu sud qarori bilan ro‘y bermaganini eslatib o‘tdi.Amerika ijtimoiy tarmoqlaridagi bu singari behadlik Rossiyada yuz bermasligi muhim, deya ogohlantirdi Volodin.Endilikda uzoq muddatli qamoq jazosi kutayotgan Vashingtondagi Kapitoliy shturmi ishtirokchilarini u siyosiy mahbuslarga qiyosladi."Hamma joyda sanksiyalanmagan siyosiy aksiyalar ishtirokchilari Vashington tomonidan erkinlik va demokratiya uchun kurashchilar deb atalgan. Xuddi shu holat Qo‘shma Shtatlarning o‘zida ro‘y berganida, ular bu odamlarni ichki terrorchilar, deb atashdi, endi u insonlarni 15-20 yildan qamoq jazosi kutmoqda. Mana, haqiqiy siyosiy mahbuslar shular bo‘ladi. Hamma narsani o‘z nomi bilan atamoq kerak", - dedi Rossiya Davlat dumasi raisi.Volodin amerika saylov tizimini arxaik, yopiq va jamiyat nazoratidan tashqarida, deya atadi."Agar kecha ularning bizning davlat va boshqa mamlakatlardagi saylov kampaniyalariga aralashuvi ular tajribalariga asoslangan demokratiyaning yuqori standartlarini joriy etish zarurati bilan niqoblangan bo‘lsa, bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘zida bu standartlar yo‘qligi hammaga ayon bo‘ldi", - dedi u.Spiker AQShda saylovlar xalqaro kuzatuvchilarining yagona va samarali instituti yo‘qligini qo‘shimcha qildi."Pochta orqali ovoz berish tanqidlarga dosh berolmaydi. Ovoz beruvchilarga bulletenlar jo‘natilishi nazoratdan tashqarida, bu bulletenlar bo‘yicha kim va qachon ovoz berganligini tekshirib bo‘lmaydi", - dedi u.Bunday standartlar bilan amerikaliklar boshqa mamlakatlarga qandaydir shartlarni qo‘ya olmaydi, deb hisoblaydi Davlat dumasi raisi."AQSh prezidentligiga saylovlarda umumiy saylovchilarning 62 foizidan ko‘prog‘i ovoz berish jarayoni jamoatchilikdan yopiq tarzda o‘tdi. Bu demokratik davlatlarda amal qilgan qoidalarga va biz standart deb belgilagan talablarga mos kelmaydi. Bunday shaffof bo‘lmagan saylov jarayoniga ega bo‘lgan davlat boshqa mamlakatlarga saylov kampaniyalariga aralashish u yoqda tursin, biron narsani uqtirish huquqiga ega emas", - deya xulosa qildi u. Volodin Davlat Dumasining Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasiga AQShdagi saylovlar paytida so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan xalqaro tashkilotlarga taklif tayyorlashni buyurdi.Kutilayotgan saylovlarSentabrda Davlat dumasi deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. "Ularning shaffof, raqobatbardosh va qonuniy, milliy qonunchilikka qat’iy amal qilingan holda o‘tkazilishi biz uchun muhim", - dedi Volodin.U chet eldan aralashuvga urinishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligini ta’kidladi, ammo "ular avvalgidek aralashishda davom etadi". "Va bu jarayonlarning boshida Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning NATOdagi ittifoqchilari turadi", - deb qo‘shimcha qildi Volodin.Ammo davlat dumasida qancha partiya va fraksiyalar bo‘lishini rossiyaliklarning o‘zi hal qiladi, deya ishonch bildirdi Volodin. "Bizning chet eldan tez-tez tanqid qilinadigan partiyaviy-siyosiy tizim, bir narsasi bilan yoqmaydi: 20-yil davomida u o‘zining samaradorligini ko‘rsatmoqda", - dedi Davlat Dumasi raisi.Xulosa tariqasida, Volodin, Rossiya o‘zi bilan nasihatomuz ohangda gaplashishlariga yo‘l qo‘ymasligini aytar ekan, bu gap ayniqsa, o‘z partiya-siyosiy tizimini degradatsiyaga olib kelganlarga tegishli, deya qo‘shimcha qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210114/Donald-Trampga-ikkinchi-marta-impichment-elon-ilindi--bu-ASh-tarikhidagi-ilk-olat-15782078.html
https://oz.sputniknews.uz/20210110/Trampni-blisholmadi-AShda-prezident-tarafdorlari-va-arshi-tomon-rtasida-zhang-yuz-berdi-15754026.html
https://oz.sputniknews.uz/20201125/Bayden-AShni-Evropa-irchoiga-aylantiradi-15476541.html
https://oz.sputniknews.uz/20210115/ASh-MD-davlatlaridan-ochi-va-raobatbardosh-saylovlarni-rgansa-bladi---Volodin-15792881.html
https://oz.sputniknews.uz/20200310/Putin-2024-yildagi-prezident-saylovida-qatnashish-imkoniyatiga-qarshi-emas-13639055.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/714/37/7143733_256:0:2449:1645_1920x0_80_0_0_007151ad4f1a29cc2fc3b915a4ff8a12.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat
Volodin amerika saylov tizimini keskin tanqid qildi
17:05 19.01.2021 (yangilandi: 17:06 19.01.2021) Amerika ijtimoiy tarmoqlaridagi bu singari behadlik Rossiyada yuz bermasligi muhim, deya ogohlantirdi Volodin.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Butun dunyoni demokratiya standartlariga o‘rgatuvchi AQSh hammasini o‘zi barbod qildi, deb bayonot qildi SShA, kotorie uchat ves mir standartam demokratii, sami vse perecherknuli, zayavil spiker Gosudmi Vacheslav Volodin.
"Hamkasblar, yuz bergan voqealar yuzasidan yana bir bor mulohaza qilib ko‘ring. Amaldagi prezident uchun ovoz bergan 75 million nafar amerikaliklarni, uning tarafdorlarini fkndamental huquq - so‘z erkinligidan mahrum qilishdi", - dedi u bahorgi sessiya ochilishi vaqtida.
Parlament quyi palatasi raisi, amerikalik yetakchiga kommunikatsiyalarga dostupni yopib qo‘yishgani, u saylovchilar bilan yirik ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilishdan mahrum etilgani, va bu sud qarori bilan ro‘y bermaganini eslatib o‘tdi.
Amerika ijtimoiy tarmoqlaridagi bu singari behadlik Rossiyada yuz bermasligi muhim, deya ogohlantirdi Volodin.
Endilikda uzoq muddatli qamoq jazosi kutayotgan Vashingtondagi Kapitoliy shturmi ishtirokchilarini u siyosiy mahbuslarga qiyosladi.
"Hamma joyda sanksiyalanmagan siyosiy aksiyalar ishtirokchilari Vashington tomonidan erkinlik va demokratiya uchun kurashchilar deb atalgan. Xuddi shu holat Qo‘shma Shtatlarning o‘zida ro‘y berganida, ular bu odamlarni ichki terrorchilar, deb atashdi, endi u insonlarni 15-20 yildan qamoq jazosi kutmoqda. Mana, haqiqiy siyosiy mahbuslar shular bo‘ladi. Hamma narsani o‘z nomi bilan atamoq kerak", - dedi Rossiya Davlat dumasi raisi.
Volodin amerika saylov tizimini arxaik, yopiq va jamiyat nazoratidan tashqarida, deya atadi.
"Agar kecha ularning bizning davlat va boshqa mamlakatlardagi saylov kampaniyalariga aralashuvi ular tajribalariga asoslangan demokratiyaning yuqori standartlarini joriy etish zarurati bilan niqoblangan bo‘lsa, bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘zida bu standartlar yo‘qligi hammaga ayon bo‘ldi", - dedi u.
Spiker AQShda saylovlar xalqaro kuzatuvchilarining yagona va samarali instituti yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
"Pochta orqali ovoz berish tanqidlarga dosh berolmaydi. Ovoz beruvchilarga bulletenlar jo‘natilishi nazoratdan tashqarida, bu bulletenlar bo‘yicha kim va qachon ovoz berganligini tekshirib bo‘lmaydi", - dedi u.
Bunday standartlar bilan amerikaliklar boshqa mamlakatlarga qandaydir shartlarni qo‘ya olmaydi, deb hisoblaydi Davlat dumasi raisi.
"AQSh prezidentligiga saylovlarda umumiy saylovchilarning 62 foizidan ko‘prog‘i ovoz berish jarayoni jamoatchilikdan yopiq tarzda o‘tdi. Bu demokratik davlatlarda amal qilgan qoidalarga va biz standart deb belgilagan talablarga mos kelmaydi. Bunday shaffof bo‘lmagan saylov jarayoniga ega bo‘lgan davlat boshqa mamlakatlarga saylov kampaniyalariga aralashish u yoqda tursin, biron narsani uqtirish huquqiga ega emas", - deya xulosa qildi u.
Volodin Davlat Dumasining Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasiga AQShdagi saylovlar paytida so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan xalqaro tashkilotlarga taklif tayyorlashni buyurdi.
Sentabrda Davlat dumasi deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. "Ularning shaffof, raqobatbardosh va qonuniy, milliy qonunchilikka qat’iy amal qilingan holda o‘tkazilishi biz uchun muhim", - dedi Volodin.
U chet eldan aralashuvga urinishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligini ta’kidladi, ammo "ular avvalgidek aralashishda davom etadi". "Va bu jarayonlarning boshida Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning NATOdagi ittifoqchilari turadi", - deb qo‘shimcha qildi Volodin.
Ammo davlat dumasida qancha partiya va fraksiyalar bo‘lishini rossiyaliklarning o‘zi hal qiladi, deya ishonch bildirdi Volodin. "Bizning chet eldan tez-tez tanqid qilinadigan partiyaviy-siyosiy tizim, bir narsasi bilan yoqmaydi: 20-yil davomida u o‘zining samaradorligini ko‘rsatmoqda", - dedi Davlat Dumasi raisi.
Xulosa tariqasida, Volodin, Rossiya o‘zi bilan nasihatomuz ohangda gaplashishlariga yo‘l qo‘ymasligini aytar ekan, bu gap ayniqsa, o‘z partiya-siyosiy tizimini degradatsiyaga olib kelganlarga tegishli, deya qo‘shimcha qildi.