https://oz.sputniknews.uz/20210114/Donald-Trampga-ikkinchi-marta-impichment-elon-ilindi--bu-ASh-tarikhidagi-ilk-olat-15782078.html
Donald Trampga ikkinchi marta impichment e’lon qilindi – bu AQSh tarixidagi ilk holat
Donald Trampga ikkinchi marta impichment e’lon qilindi – bu AQSh tarixidagi ilk holat
Sputnik O‘zbekiston
Hokimiyat tepasida sanoqli kunlar qolgan Donald Trampga yana impichment e’lon qilindi. Shu tariqa u AQSh tarixida ikki marta impichment e’lon qilingan yagona... 14.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-14T10:55+0500
2021-01-14T10:55+0500
2021-04-02T20:29+0500
dunyoda
aqsh
donald tramp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0e/15781513_0:155:3072:1893_1920x0_80_0_0_6c9a3439469070ccaf16d2e59bc64bcc.jpg
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. AQSh kongressi Vakillar palatasi aksariyat a’zolarining ovozi bilan prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.Trampni lavozimidan chetlatishni yoqlab 232 kongressmen, jumladan uning 10 nafar partiyadoshlari, ovoz berdi, 197 kishi qarshi chiqdi. Shu tariqa u AQSh tarixida ikki marta impichment e’lon qilingan yagona prezident bo‘ldi.Prezident isonga dav’at qilishda ayblanmoqda. Vakillar palatasi rezolyutsiyasida Trampning xatti-harakatlari Konstitutsiyaning “og‘ir jinoyat va noo‘rin xatti-harakatlar” ta’rifiga muvofiq kelishi bayon qilingan.Endilikda hujjat kongressning yuqori palatasi Senatda ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Ammo yuqori palata spikeri Mitch Makkonnell impichment masalasini ko‘rib chiqish uchun shoshilinch yig‘ilish chaqirtirmasligini aytgan. Trampga u lavozimdan ketgandan so‘ng impichment e’lon qilishi yoki qilinmasligi noaniq. Kongress tarixida bunday holat ilgari kuzatilmagan.2020 yil fevral oyida AQSh Senati prezident Donald Trampga e’lon qilingan birinchi impichmentni bekor qilgan edi. O‘shanda u hokimiyatni suiiste’mol qilish va Kongressga to‘sqinlik qilishda ayblangandi.Kapitoyning ishg‘ol qilinishi2021 yil 6-yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga e’tiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar to‘dasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi g‘alabasi tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Kongressning qo‘shma sessiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Kongress a’zolari xavfsiz joyga olib ketildi va ular u yerda bir necha soat bo‘lishlariga to‘g‘ri keldi. Namoyishlarda 5 kishi halok bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210113/ASh-vitse-prezidenti-Donald-Trampni-ukumatdan-chetlatishga-arshi-chidi-15772238.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0e/15781513_0:59:3072:1989_1920x0_80_0_0_a9c69167201b21f23699071780f18f0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, donald tramp
dunyoda, aqsh, donald tramp
Donald Trampga ikkinchi marta impichment e’lon qilindi – bu AQSh tarixidagi ilk holat
10:55 14.01.2021 (yangilandi: 20:29 02.04.2021) Hokimiyat tepasida sanoqli kunlar qolgan Donald Trampga yana impichment e’lon qilindi. Shu tariqa u AQSh tarixida ikki marta impichment e’lon qilingan yagona prezident bo‘ldi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. AQSh kongressi Vakillar palatasi aksariyat a’zolarining ovozi bilan prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi
qaror qabul qilindi.
Trampni lavozimidan chetlatishni yoqlab 232 kongressmen, jumladan uning 10 nafar partiyadoshlari, ovoz berdi, 197 kishi qarshi chiqdi.
Shu tariqa u AQSh tarixida ikki marta impichment e’lon qilingan yagona prezident bo‘ldi.
Prezident isonga dav’at qilishda ayblanmoqda. Vakillar palatasi rezolyutsiyasida Trampning xatti-harakatlari Konstitutsiyaning “og‘ir jinoyat va noo‘rin xatti-harakatlar” ta’rifiga muvofiq kelishi bayon qilingan.
Endilikda hujjat kongressning yuqori palatasi Senatda ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Ammo yuqori palata spikeri Mitch Makkonnell impichment masalasini ko‘rib chiqish uchun shoshilinch yig‘ilish chaqirtirmasligini aytgan. Trampga u lavozimdan ketgandan so‘ng impichment e’lon qilishi yoki qilinmasligi noaniq. Kongress tarixida bunday holat ilgari kuzatilmagan.
2020 yil fevral oyida AQSh Senati prezident Donald Trampga e’lon qilingan birinchi impichmentni
bekor qilgan edi. O‘shanda u hokimiyatni suiiste’mol qilish va Kongressga to‘sqinlik qilishda ayblangandi.
Kapitoyning ishg‘ol qilinishi
2021 yil 6-yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga e’tiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar to‘dasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga
bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi g‘alabasi tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Kongressning qo‘shma sessiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Kongress a’zolari xavfsiz joyga olib ketildi va ular u yerda bir necha soat bo‘lishlariga to‘g‘ri keldi. Namoyishlarda 5 kishi halok bo‘ldi.