https://oz.sputniknews.uz/20210115/ASh-MD-davlatlaridan-ochi-va-raobatbardosh-saylovlarni-rgansa-bladi---Volodin-15792881.html
AQSh MDH davlatlaridan ochiq va raqobatbardosh saylovlarni o‘rgansa bo‘ladi - Volodin
AQSh MDH davlatlaridan ochiq va raqobatbardosh saylovlarni o‘rgansa bo‘ladi - Volodin
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kunda ODKB va MDHga kiruvchi sobiq Sovet Ittifoqi davlatlarida saylovlar standartlari o‘ta yuqori, deb hisoblaydi RF Davlat dumasi spikeri. 15.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-15T12:42+0500
2021-01-15T12:42+0500
2021-04-07T18:51+0500
yangiliklar
siyosat
aqsh prezidenti
aqshning yangi prezidenti
saylovlar
rossiya
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0f/15792302_0:253:2429:1626_1920x0_80_0_0_89cba3e6182044e69feba3ca6ff03dcd.jpg
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. RF Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin MDH davlalarida saylovlarni o‘tkazish tajribasini AQSh bilan bo‘lishishni taklif etdi."Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida Davlat demasi spikeri Qozog‘iston va Qirg‘izistonda saylovlar o‘ta yuqori darajada o‘tkazilganini qayd etdi. Volodinning aytishicha, KXShT (ODKB) va MDH Parlament assambleyasi doirasida bu davlatlarda kuzatuvchi sifatida bo‘lgan Davlat dumasi deputatlari shunday xulosani berganlar.Shu bilan birga, AQShdagi saylov kampaniyasiga doir savollar ko‘plab yig‘ilib qolgan, deydi Volodin."Shu bois, boshqa mamlakatlardagi saylovlar haqida gapirganimizda, hozir ma’lum bir tajribani yoki qandaydir takliflarni tahlil qilib, umumlashtirib, so‘ngra Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi hamkasblarimizga yo‘llasak, to‘g‘ri bo‘lar edi", - dedi RF Davlat dumasi raisi."Biz tavsiyalarni yo‘llaymiz. Bundan tashqari, bu singari masalalar chindan ham ancha samaraliroq hal etilayotgan ko‘plab mamlakatlar tajribasi bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz. Lekin, bunda eng asosiysi, bu haqda oldin ham aytganmiz, yana takrorlab o‘tamiz, suveren davlatlar ishlariga aralashmang, o‘z muammolaringizni hal eting, biz esa o‘zimizni muammolarimizni o‘zimiz hal etib olamiz. Agar yordam kerak bo‘lsa, marhamat", - deya xotima qildi siyosatchi.RF Federatsiya kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev ilgariroq, AQSh o‘z saylov tizimida ro‘y bergan "sboy"dan so‘ng boshqa davlatlardagi saylovlarga "baho" qo‘yish imkoniyatidan mahrum bo‘lganini aytgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210114/Donald-Trampga-ikkinchi-marta-impichment-elon-ilindi--bu-ASh-tarikhidagi-ilk-olat-15782078.html
https://oz.sputniknews.uz/20210113/15774364.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0f/15792302_0:176:2429:1703_1920x0_80_0_0_f4945fe74627e79e90ae919caa1b5c44.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar, siyosat, aqsh prezidenti, aqshning yangi prezidenti, saylovlar, rossiya, aqsh
yangiliklar, siyosat, aqsh prezidenti, aqshning yangi prezidenti, saylovlar, rossiya, aqsh
AQSh MDH davlatlaridan ochiq va raqobatbardosh saylovlarni o‘rgansa bo‘ladi - Volodin
12:42 15.01.2021 (yangilandi: 18:51 07.04.2021) Bugungi kunda ODKB va MDHga kiruvchi sobiq Sovet Ittifoqi davlatlarida saylovlar standartlari o‘ta yuqori, deb hisoblaydi RF Davlat dumasi spikeri.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. RF Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin MDH davlalarida saylovlarni o‘tkazish tajribasini AQSh bilan bo‘lishishni taklif etdi.
"Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida Davlat demasi spikeri Qozog‘iston va Qirg‘izistonda saylovlar o‘ta yuqori darajada o‘tkazilganini qayd etdi. Volodinning aytishicha, KXShT (ODKB) va MDH Parlament assambleyasi doirasida bu davlatlarda kuzatuvchi sifatida bo‘lgan Davlat dumasi deputatlari shunday xulosani berganlar.
Shu bilan birga, AQShdagi saylov kampaniyasiga doir savollar ko‘plab yig‘ilib qolgan, deydi Volodin.
"Shu bois, boshqa mamlakatlardagi saylovlar haqida gapirganimizda, hozir ma’lum bir tajribani yoki qandaydir takliflarni tahlil qilib, umumlashtirib, so‘ngra Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi hamkasblarimizga yo‘llasak, to‘g‘ri bo‘lar edi", - dedi RF Davlat dumasi raisi.
"Biz tavsiyalarni yo‘llaymiz. Bundan tashqari, bu singari masalalar chindan ham ancha samaraliroq hal etilayotgan ko‘plab mamlakatlar tajribasi bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz. Lekin, bunda eng asosiysi, bu haqda oldin ham aytganmiz, yana takrorlab o‘tamiz, suveren davlatlar ishlariga aralashmang, o‘z muammolaringizni hal eting, biz esa o‘zimizni muammolarimizni o‘zimiz hal etib olamiz. Agar yordam kerak bo‘lsa, marhamat", - deya xotima qildi siyosatchi.
RF Federatsiya kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev ilgariroq, AQSh o‘z saylov tizimida ro‘y bergan "sboy"dan so‘ng boshqa davlatlardagi saylovlarga "baho" qo‘yish imkoniyatidan mahrum bo‘lganini aytgan edi.