"Ruslar buni uddaladi": jahon totalitar derjavasi barpo etildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishAksiya storonnikov D. Trampa v Gresheme
Aksiya storonnikov D. Trampa v Gresheme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiya segodnya" Xalqaro axborot agentligi Amerika Qo‘shma Shtatlari bizni yaqin to‘rt yil ichida nima uchun jazolaydi, degan savolga javob topdi

Viktor Maraxovskiy
Bu - garchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmasa-da, ammo juda tushunarli javob. Agentlik mutaxassislari olti oy davomida o‘nlab amerika OAVlarida chop etilgan maqolalar bo‘yicha ("Sakkizoyoq 3" kodi bilan) tadqiqotlar o‘tkazdilar, unda bizning davlatimiz nomi ham keltirilgan.

Kandidat v prezidenti ot demokratov Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden AQShni Yevropa qo‘g‘irchog‘iga aylantiradi

Xulosa: Amerika media-sohasida (demakki amerika siyosatida ham) bizning siz bilan mavjudligimiz konteksti endi ancha oydinlashdi (va shuning uchun Amerika siyosati uchun) aniq. Shuningdek, unda bizga qanday rol ajratilgani ham.

Demakki, bizga bo‘ladigan, Rossiyaga nisbatan kutilayotgan taxminiy munosabatlar ham tushunarlidek.

Yaxshi xabar: amerika OAVlari bizni eslashadi, yaxshi ko‘rishadi, va hatto 2016-yilgidan, ya’ni "ruslar borasidagi jazava" o‘z cho‘qqisida bo‘lgan vaqtdagidanda ko‘proq esga olishar ekan (esga olishlar chorak ko‘rsatkichga ortgan).

Noxushroq xabar: o‘tgan yilgi obzordan taxminan bir yil o‘tib hech vaqo o‘zgargan emas.

Joriy yilning 1-avgustidan 15-noyabriga qadar Rossiya haqida chop etilgan 1227 maqola orasida — noltasi pozitiv yozilgan. Neytral, deya baholash mumkin bo‘lgan maqolalar ("yo‘q, ruslar Tramp g‘alabasi haqidagi zaharli xeshtegni ishga tushirmadi", "yo‘q, ruslar saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatishmadi"; "ruslar saylovlarga aralashuvini inkor etishmoqda" kabi), - 46 ta, yoki umumiy hajmdan to‘rt foizni tashkil etadi.

Kandidat v prezidentiSShA ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden vo vremya debatov, organizovannix CNN / New York Times v Universitete Otterbeyn. 15-oktabrya 2019   - Sputnik O‘zbekiston
Bayden Rossiyani AQSh uchun asosiy tahdid deb hisoblaydi

Qolgan 96 foizi — bu hattoki takroriy emas, balki maqsadli auditoriyaga bir xil mantrani ahmoqona tarzda singdirishdan iborat: ruslar saylovlarga aralashishmoqda, ruslar ijtimoiy tarmoqlarda sizning ongingizni buzmoqda, ruslar Tramp uchun, ruslar feyklarni tarqatishmoqda.

Gabrielning Rossiya AQSh saylovlariga aralashmasligi haqidagi so‘zlari ortida nima turibdi? Germaniyada Rossiya AQShda o‘tkazilgan 2016-yilgi saylovlarga aralashmagani haqida gapira boshlashdi. Sputnik radiosi efirida siyosatshunos Yuriy Pochta nemislar Qo‘shma Shtatlar tomonidan, shu jumladan o‘z nomlariga ham qarshi aytilayotgan ayblovlarning asossizligini tan olishni boshlashgani haqida ta’kidladi.

Ushbu singdirishlar shu darajada umidsiz va zerikarli ediki, bu yerda hatto hazm etiladigan narsaning o‘zi yo‘q edi: kabinetlarda yoki masofadan ish bilan band bo‘lgan, o‘z hayotida hech narsa bilan haqiqatda qiziqmaydigan jurnalistlar va muharrirlar o‘tirishar, ular haftasiga besh marta (misol uchun CNN — 106 kunda 570 ta maqola chop etgan) quyidagilardan bizni xabardor etish uchun og‘iz ochishardi:

Vozlojenie svetov k Mogile Neizvestnogo Soldata v Den pamati i skorbi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyani dohiy, qahramon rahbar asrab qolishi mumkin - Zuganov

— Putin o‘z brosi Trampni bizning saylovlarga aralashish uchun qo‘llab-quvvatlash haqida orzu qilmoqda,
— Rossiya saylovlarimizni sindirishga harakat qilishda davom etmoqda,
— Rossiyalik trollar auditoriyaga ta’sir ko‘rsatmoqda,
— Ijtimoiy tarmoqlar rus xakerlari va trollar faoliyatini lozim tarzda nazorat qilmayapti,
— Tramp uchun ovoz berib, sen soyadagi qora lord Putinning ko‘rsatmasi bo‘yicha ovoz bermoqdasan.
Bularning barchasining, tabiiyki Rossiyaga nisbatan hech qanday aloqasi bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Bu AQSh media-hayotining ichki bir elementi - ongi sust omma va uzluksiz saylovlar sikllari kechadigan mamlakat.

Bu shunday bir davlatki, bu yerda ichki dushmanlar bo‘ylab zarba beradigan mediapushkalarning asosiy vazifasi ommaga uzluksiz ravishda - bir xildagi suggestiv mantralarni, yaqin qolgan saylovlarda qatnashib, lozim bo‘lgan nomzodga ovoz berishga da’vat qiluvchi (bu, agar yodingizdan ko‘tarilgan bo‘lsa, demokratiya deb ataladi) gipnos-mantralarni yetkazishdan iborat.

Kandidat v prezidenti ot demokratov Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden AQShni Yevropa qo‘g‘irchog‘iga aylantiradi

Ikki ming yigirma ikkinchi yil ushbu tetik demokratiyaga faqat bitta yangilik olib keldi: ijtimoiy platformalar-gigantlar Facebook va Twitterda o‘z nazoratida bo‘lgan media-maydonni demokratlardan bo‘lgan nomzod Jo Bayden foydasiga senzura qildi.

Ya’ni:

— Trampni "buzg‘unchi mafiyaga qarshi kurashuvchi" sifatida ulug‘laydigan kollektiv onglarni bostirish (Qanon taqiqiga qarang) - bunda Tramp Putinning qo‘g‘irchog‘i va oq irqchilar homiysi sifatida iblisona bir qiyofada gavdalantirildi,

— Tramp har safar og‘iz ochganida "ijtimoiy tarmoqlar tomonidan jalb qilingan mustaqil ekspertlar" tomonidan uning gaplari yolg‘on sifatida baholangan taqdirda, uni mum tishlashga majburlash (19 oktabrdagi ma’lumotlarni topishga muvaffaq bo‘ldim: Tramp 65-marta "mum tishlatilgan", ammo Tramp og‘zini ommaviy ravishda yopish ko‘rinishidagi haqiqiy razolat hali oldinda edi),

— Bayden va uning oilasi Ukrainada qanday o‘ynaganlari mavzusiga bag‘ishlangan eng meynstrim matbuot surishtiruvlarini ham og‘zini yopib tashlash (bu yerda Twitter va Facebook o‘ta natijador bo‘ldi — New York Postda yoritilgan kichik-Baydenning sarguzashtlari haqida demokrat-saylovchilarning kattagina qismi bexabar qolib ketdi).

Tallin - Sputnik O‘zbekiston
Estoniya mudofaa vaziri Rossiyani dushman, deb atadi

Biz axborot asri XXI asrning totalitar derjavasi barpo etilishi sahnasini kuzatdik, va u deyarli ko‘z o‘ngimizda tamom bo‘ldi.

Media-maydonlarga egalik qiluvchilar bir vaqtning o‘zida fantomlarni reklama qilib (masalan, xuddi o‘sha rus aralashuvi, xolbuki 5-noyabr kuni AQSh kiberxavfsizligi va infratuzilma xavfsizligi agentligi bo‘yicha rahbari Kristofer Krebs aytganidek, umuman bo‘lmagan) , unga aytiladigan e’tirozlarni bloklashmoqda, demokratlarga berilgan ovozlar sehrli tarzda 14 million ovozga ko‘payib, ikkilanayotganlar ovozi yo‘q qilindi va xuddi o‘sha "hech qanday aldashlar bo‘lmadi, Tramp aldayapti, trampistlar ham" ritmidagi gipnos-mantralarni ilgari surmoqda.

Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston
"Buni darhol amalga oshirish kerak": AQSh Rossiyani aslida nima uchun jazolamoqchi

...Bu yerda nimani qayd etish lozim?

Biz, albatta, AQSh ma’muriyatining keyingi harakatlariga ta’sir ko‘rsatishga qodir emasmiz. Birinchidan, chunki Amerikada "Rossiyaparastlar lobbisi" yo‘q va bo‘lmagan ham (aytgancha, ayniqsa u hech qachon respublikachilar orasida bo‘lmagan: AQShdagi "rossiyaparast" siyosiy arbob aslida Dempartiyadan prezidentlikka marginal nomzod Tulsi Gabbard bo‘lgan, u bizni jazolashga da’vat qilmagani uchun "rus aktivi" degan nom orttirib olgandi).

Ikkinchidan — va eng asosiysi — biz bitta oddiy narsani yodda saqlashimiz kerak: mana o‘n yildirki AQSh elitasi (siyosiy, media, va boshqa istalgan) Rossiya haqida hech vaqo bilmaydi. Amerikaning hech bir siyosatchisi bizning zaharli mamlakatimizga kelishmaydi, ularning hech biri Moskva, Piter, Yekaterinburg, Sibir va Kamchatkani ko‘rmagan; ularning hech biri ruslar bilan uchrashmagan, albatta, BMTda tayyorlab qo‘yilgan navbatdagi o‘zaro "batll"larda ishtirok etadigan rus diplomatlaridan tashqari; Rossiya haqidagi barcha ma’lumotlar ularga, har safar Putin tomonidan zaharlanadigan va mo‘’jiza tufayli omon qoladigan transmilliy siyosiy-lesbiyankalar va o‘ta badqovoq muxolifatlardan iborat patologik kadrlar orqali yetkazib turiladi.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp vo vremya vstrechi na polyax sammita Gruppi dvadsati v Osake - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb Rossiyani yana o‘z tuzog‘iga ilintirmoqchi yoki Katta yettilikka taklif nimani anglatadi

Ammo, bularning barchasi ham ular e’tibori periferiyasida: barcha asosiy dushmanlar ularning o‘z millati ichida mujassamlashgan va aynan ularni birinchi o‘rinda zabt etishadi.

Bundagi yaxshi xabar nimada deysizmi?

Yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga ko‘ra bizning davlatimizga qarshi kurash va jazolashning allaqanday noyob metodlari qo‘llaniladi, deya o‘ylamaslik lozim.

Istalgan bir mamlakatga aniq va maqsadli harakatlarni qo‘llash uchun uni bilish talab etiladi. Qandaydir otishmada oliy darajadagi bossni o‘ldirishga harakat qilganlar, bilishadiki: buni uzoq o‘rganishsiz amalga oshirish mumkin emas.

Xullas: gap AQSh Rossiyaning og‘riydigan joyiga zarba berishga unchalik qodir emasligida ham emas (otiladigan narsaning barchasi ko‘p yillar oldin otilib bo‘lingan). Hammasi bundanda yomonroq: ular hattoki bizning mamlakatga ziyon yetkazish masalasida haqiqatan diqqatni jamlashga qodir emas.

Rossiyskiy politolog Igor Shatrov - Sputnik O‘zbekiston
Shatrov: AQSh siyosatchilari Tramp va Rossiyani mamlakatdagi barcha muammolar uchun ayblaydi

Bittagina oddiy sababga ko‘ra: ayni vaqtda u yerda ichki opponentlarni o‘z asosiy raqibi sifatida ko‘ruvchi media-siyosiy oligarxiya g‘alaba qozondi.

Bu esa, ushbu fonda quyidagilarga bosim o‘tkazish lozimligini anglatadi:

— "yangi tenglik" ni rad etadigan diniy konservatorlarga, ya’ni deviant ozchiliklarning so‘zsiz imtiyozli pozitsiyasini;
— o‘zining bekamu-ko‘stligi va ularning oqlangan hayot tarzi haqidagi tasavvurlari uchun oq tanli erkaklarni;
— "yashil" energetika foydasiga an’anaviy energetikaga, —
oldindan shuni aytish joizki, Rossiya tahdidi haqidagi fantom marginal sifatida qaraladi. Va shovqinli, ammo samarasiz metodlar bilan g‘olib chiqishi kerak.

Ammo bu Rossiyaning "Shimoliy oqim - 2" kabi makroloyihalariga hech narsa xavf solmayotganini anglatmaydi. Ammo, ushbu tahdid kuchaymoqda, deb ta’kidlash uchun ham hech qanday asos yo‘q.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyani yovuzlashtirishga uringan "Pulitser" o‘z obro‘yiga xavf soldi xolos - elchixona

Bizni, tabiiyki, yaxshi ko‘rishmaydi (hatto, nafratlanishadi, deb aytish mumkin — axir har ne ro‘y berganda dunyodagi gegemonni yarim soat ichida yo‘q qilishga qodir bo‘lgan koinotdagi yagona davlatdan nimani ham kutish mumkin).

Ammo davlatning totalitar tuzilmasi, u "rahnamo" yoki "demokratik" boshqaruv shakliga ega bo‘lsin, normal holatdagi davlat tuzilmasidan shunisi bilan farq qiladiki, u hamisha bosh dushmanlarni o‘z ichida izlaydi va topadi.

Shunday ekan, barchamiz sabrli bo‘lishimizga to‘g‘ri keladi.

Yoki, popkorn, yoki bo‘lmasa semichka ovoling.

Yangiliklar lentasi
0