AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Suzan Rays mamlakatdagi norozilik namoyishlari paytida zo‘ravonliklar ortida Rossiya turishi mumkinligini aytdi. Rays biron bir dalil yoki aniq faktlarni keltirmadi.
Shatrov AQShda tartibsizliklar saylovlar arafasida oldidan yuz berdi, prezident raqiblari ularning g‘azabini chiqarish uchun amalga oshirishdi deb hisoblaydi.
“Rays so‘zlari Trampga qarshi qaratilgan. Demak, demokrat-amaldor barcha yomon narsa u va Rossiya bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatmoqchi. RF bu yerda instrument sifatida foydalanilmoqda”, - deydi siyosatshunos Sputnik radio efirida.
Uning fikriga ko‘ra, RF aralashuvi haqidagi o‘yinlar bundan keyin ham barcha darajada davom etadi.
“Bu qulay karta, o‘tgan saylovlarda uni yaxshilab o‘ynashning uddasidan chiqilmadi, biroq AQShda undan voch kechishni istashmayapti. Rossiyadan raqib qiyofasini shakllantirishga muvaffaq bo‘lishdi, lekin undan foydala olishmadi. AQShdagi siyosatchilar o‘zlari uylab topgan vaziyatning asirlari bo‘lib qoldi, saylovlarga yaqinlashgan sari ular bundan ko‘proq bu mavzu ko‘proq ishlatiladi. Barcha muvaffaqqiyatsizlik va muammolarda Tramp va Rossiyani ayblashadi. Albatta, bu surrealizm va hazil kabi eshitiladi”, - deb ta’kidladi mutaxassis.