TOShKENT, 26 okt — Sputnik. AQSh prezidenti lavozimiga Demokratik partiyadan nomzod Jozef Bayden Qo‘shma Shtatlar uchun xalqaro maydonda eng katta xavfni Rossiya tug‘diradi deb hisoblaydi.
“O‘ylaymanki, hozirgi paytda bizning xavfsizligimiz va ittifoqlarimizga putur yetkazish nuqtayi nazaridan eng katta tahdid Rossiya hisoblanadi. Ikkinchidan, men Xitoyni eng katta raqibimiz deb bilaman”, – Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida.
Rossiya boshqa mamlakatlarda demokratik jarayonlarga ta’sir o‘tkazish haqidagi ayblovlarni bir necha marta rad etgan edi, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa ularni “mutlaqo asossiz” deb atagandi. Rosssiya TIV rahbari Sergey Lavrov turli mamlakatlardagi saylovlarda go‘yoki Rossiya aralashuvi borligi haqidagi xabarlar biror bir dalilga asoslanmaganini ma’lum qilgan edi.
AQSh prezidenti saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari lavozimiga Respublikachilar partiyasidan amaldagi prezident Donald Tramp va demokrat Jo Bayden da’vogarlik qilmoqda.