Turkmaniston JST kuzatuvchisi maqomini oldi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishFlag Turkmenistana v Ashxabade
Flag Turkmenistana v Ashxabade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi paytda 164 mamlakat Jahon savdo tashkiloti a’zosidir. Yigirma to‘rt davlat kuzatuvchi maqomiga ega, Turkmaniston 25-si bo‘ldi

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. Turkmaniston Jahon savdo tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi, deya xabar beradi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

YeOII va JST - Sputnik O‘zbekiston
YeOIImi yoki JST - so‘rov natijasi

"2020 yil 22-iyul kuni Jahon Savdo Tashkilotining Jenevadagi shtab-kvartirasida JST Bosh kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, uning davomida Turkmanistonning tashkilotda kuzatuvchi maqomini olish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqildi”, - deyiladi TIV saytida joylashtirilgan xabarda.

Uchrashuvda Turkmanistonning BMTning Jenevadagi vakolatxonasidagi doimiy vakili Atageldi Xaljanov, shuningdek onlayn-tarzda, Turkmaniston TIV, Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya va iqtisodiyot vazirligining vakillari ishtirok etdilar.

Xaljanov o‘z nutqida JST Bosh kengashi ishtirokchilarini Turkmanistonning tashkilotga qo‘shilish jarayonining kelib chiqishi, xususan, Turkmanistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi novatorlik siyosati haqida xabardor qildi.

Logotip VTO - Sputnik O‘zbekiston
JST O‘zbekiston uchun yangi bozorlar, yoxud milliy ishlab chiqaruvchiga zarba

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning JSTda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi "Turkmaniston milliy iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga ko‘maklashishga, tashqi savdodagi mavqeyini mustahkamlashga, ko‘p tomonlama hamkorlikni amalga oshirishga, chet eldan sarmoyalarni jalb qilish va xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan".

"Bu tijorat va savdo strategiyalarini ishlab chiqishga, shu jumladan ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ham taalluqli", - dedi diplomat.

"Munozaralardan so‘ng JST Bosh kengashiga a’zo davlatlar bir ovozdan Turkmanistonga tashkilotda kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qildilar", - deyiladi TIV xabarida.

Hozirgi paytda 164 mamlakat Jahon savdo tashkilotining a’zosidir. Yigirma to‘rt davlat kuzatuvchi maqomiga ega, Turkmaniston 25-si bo‘ldi.

Flagi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
YeOII va JST: O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi tayyorlandi

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshlarida O‘zbekiston va JST deyarli 15-yillik tanaffusdan keyin mamlakatni ushbu tashkilotga kirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining yig‘ilishini o‘tkazdi. Natijada 20-31 iyul kunlari tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishni ta’minlash masalalari bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi. Shuningdek tomonlar, muzokaralarning navbatdagi bosqichiga - ishchi guruhning O‘zbekistonning JSTga kirishi to‘g‘risidagi hisobotining asosi bo‘lgan amaliy xulosa tayyorlashga o‘tishni rejalashtirmoqdalar.

Bungacha, aprel oyining oxirida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi respublikaning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) kuzatuvchi maqomida qo‘shilishini ma’qulladi. Ushbu yangilikni izohlar ekan, E.M. Primakov nomidagi RFA IMEMOning Postsovet tadqiqotlari markazi sektori rahbari Yelena Kuzmina bu foydali tayyorgarlik bosqichi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u eslatishicha: YeOIIga kiruvchi Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklaridandir, RF, Qozog‘iston va Qirg‘iziston respublikalari bilan umumiy savdo hajmi Xitoy bilan taqqoslaganda kattaroq.

Yangiliklar lentasi
0