YeOIImi yoki JST - so‘rov natijasi

Obuna bo‘lish
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan - O‘zbekistonning YeOII va JSTga ehtimoliy a’zo bo‘lishi ta’sirini baholash mavzusidagi so‘rov natijalari.

Yaqinda prezident administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fuqarolar o‘rtasida “O‘zbekistonning YeOII va JSTga ehtimoliy a’zo bo‘lishi ta’sirini baholash” bo‘yicha anonim so‘rov o‘tkazgan edi.

Unda O‘zbekiston aholisining 74% YeOIIga qo‘shilish tarafdori, hamda 78 % aholi Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan.

Tadqiqotchilar, olimlar, davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, o‘qituvchi va talabalar qatnashgan so‘rovnoma ishtirokchilariga taqdim etilgan so‘rovnoma 10 savoldan iborat bo‘lib, u xorij tajribasi bo‘yicha ishlab chiqildi. So‘rovnomada barcha hududlardan 1300 dan ortiq ishtirokchi faol va aniq javoblari bilan qatnashdi.

Tadqiqot Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari respondentlari YeOIIga qo‘shilishni eng ko‘p (90 foizdan ortiq) qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi.

Integratsion birlashmaga qo‘shilishga qarshi bo‘lganlarning ulushi Andijon viloyatida 32 foiz, Toshkent shahrida 26 foiz, Farg‘ona viloyatida esa 21 foizni tashkil etdi.

So‘rov natijalari bilan batafsil infografikamizda tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0